Matbuot Sharhlari 25.07.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1018936
Matbuot Sharhlari 25.07.2018

Sabah gazetasi: Prezident Erdo'g’an Isroil davlatining milliy tusi haqidagi qarorga e’tiroz bildirdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi vakillari bilan poytaxt Anqarada o’tkazgan yig’ilishida Isroil parlamenti tomonidan qabul qilingan Isroil davlatining milliy tusi haqidagi qaroriga e’tiroz bildirib bu haqida, “Bu vaziyat Isroilning dunyodagi eng sionist, eng fashist, eng irqchi davlat ekanligining isbotidir. Isroil bu qonunni qabul qilganidan keyin siyonizm, fashizm va irqchilik haqida gapirishga haqqi yo’q” dedi.

Star gazetasi: Erdo’g’an Gretsiya Bosh vaziri Tsiprasga qo’ng’iroq qildi. Prezident Erdo'g’an Gretsiyadagi yong’in tufayli Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsiprasga qo’ng’iroq qilib, Turkiyaning yordamga tayyor ekanligini bildirdi.   

Yeni Shafak gazetasi: Chavusho’g’li, Turkiya Ozarbayjon hamkorligini mustahkamlashni davom etayotganliklarini qayd etdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga bordi. Mazkur tashrif chog’ida Bosh vazir Novruz Memmedov bilan uchrashgan Chavısho’g’li, “Ozarbayjon bilan bo’lgan hamkorligimizni har doim mustahkamlab bormoqdamiz. Chet elda diasporalarimiz ham bundan buyon o’z kuchini butunlay birlashtirdi. Bu ham albatta muhim” deya gapirdi.

Hurriyet gazetasi: Sayyohlar bu yil Ispaniyani emas Turkiyani tanladilar. Antaliya Savdo va sanoat palatasi raisi Davut Chetin bir oylik turizm mavsumida 20, bir yillik turizm mavsumida esa 30 foizlik o’sish kuzatilganligini eslatgan holda, “Bu mavsumda Ispaniya, Germaniya va Angliyada sayyohlar soni kamaydi. Chunki ular Turkiyaga qarab yo’l oldilar” dedi.  

Vatan gazetasi: “Sabiha Go’kchen” aeroporti yo’lovchi tashish bo’yicha rekord o’rnatdi.  Turkiyaning eng ko’p yo’lovchi tashigan aeroporti hisoblangan Istanbuldagi xalqaro “Sabiha Go’kchen” aeroporti bir kunda 120 mingdan ortiq yo’lovchi tashish orqali yo’lovchi tashish bo’yicha rekord o’rnatdi.  

 



Aloqador xabarlar