Matbuot Sharhlari 19.06.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

994942
Matbuot Sharhlari 19.06.2018

Star gazetasi: Manbijda patrullik xizmati boshladi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Samsunda so’zlagan nutqida turk askarlarining Suriyaning Manbij mintaqasida patrullik xizmatini boshlatganligini qayd etdi.

Hurriyet gazetasi: Turk gilosi olimpiyada dopingiga aylangandek. Jahon chempionati o’yinlari o’tkazilayotgan Rossiyaga gilos eksporti 17-iyundan boshlab o’tgan yilning shu davriga nisbatan 117 foiz ortib, 12 900 tonnaga yetdi. Chet elga eksport qilingan 45 196 tonna turk gilosining 28 foizini Rossiya oldi.   

Star gazetasi: Dunyoning eng yirik qurilish kemasi Chanoqqal’a bog’ozidan o’tdi. Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasining terang suvlardagi qismini joylashtirish vazifasini o’z zimmasiga olgan dunyoning eng yirik qurilish kemasi Pioneering Spirit, Chanoqqal’a bog’ozidan o’tdi.

Yeni Shafak gazetasi: Ishsizlik kamaymoqda. Turkiyada ishsizlik nisbati bu yilning mart oyida o’tgan yilning mart oyiga nisbatan 1.6 foizga kamayib 10.1 foizni ko’rsatdi. Yani yuqorida nomi tilga olingan davrda ishsizlik soni 432 ming kishiga kamayib, 3 million 210 ming kishini tashkil etdi. Ishbilarmonlar va iqtisodiyotchilar mart oyidagi ish bilan bandlikni ijobiy baholar ekan, ishsizlikning yaqinda yana-da kamayishini belgilab o’tdi.

Haber Turk gazetasi: Ramazon hayitida Edremid ko’rfazining quvonchiga quvonch qo’shildi. Shimoliy Egeyning marvaridi hisoblangan Balikesirning Edremit ko’rfazi Ramazon hayiti bayramida mehmonlar bilan to’lib toshdi. Bu vaziyat ko’rfazdagi ishbilarmonlar quvonchiga quvonch qo’shdi.

 

 



Aloqador xabarlar