Matbuot sharhlari 28.05.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

980708
Matbuot sharhlari 28.05.2018

 

Vatan gazetasi, “Geotermaldan elektr ishlab chiqarishda dastlabki 4 oyda 35% ortish” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Geotermal elektr stansiyasi investorlari jamiyati 2018 yilning dastlabki 4 oyida geotermal elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr miqtori 2017 yilning 4 oyiga nisbatan 35% oshgan holda, 2 mlrd 259 mln kVtga yetganligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, qayta ishlab chiqariladigan va mahalliy energiya manbai bo’lgan geotermalning elektr ishlab chiqarish sohasiga qo’shgan hissasi oshib bormoqda.

Star gazetasi, “Turkiyada yana bir yangi aeroport” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Bekir Bozdag’ Yozgat viloyatida 2019 yilning 2-yarmida tez yurar poyezd xizmat berishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Yozgatda yangi aeroport quriladi va 3 iyun yakshanba kuni uning poydevori quriladi.

Sabah gazetasi, “TANAP loyihasi tamomlanmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ozarbayjonning Kaspiy dengizidan olgan tabiiy gazni Turkiya va Yevropaga yetkazilishini maqsad qilgan Trans Anadolu tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasining (TANAP) Turkiya hududlarida ya’ni, Ardaxan viloyatida quvurlarni ulash va svarkalash faoliyatlari yakunlandi. Tabiiy gaz o’tadigan quvurlar yer tagiga joylashtirildi.

Xabar turk gazetasi, “Turk qizil yârim oy jamiyati va Qatar hayirsevarlik tashkilotidan Yamanga 1 mln dollarlik ehson” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turk qizil yârim oy jamiyati va Qatar hayirsevarlik tashkiloti o’rtasida imzolangan hamkorlik protokoli doirasida Yamanda davom etgan insonparvarlik faoliyatlari uchun 1 mln dollarlik naqd pul o’tkaziladi.

Sabah gazetasi, “Turk dengiz floti yangi texnologiyalar bilan jihozlanadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, mudofaa sanoati maslahatchiligi uchun 2017 yili buyurtmalarni topshirish yili bo’ldi.

Mudofaa sanoati maslahatchiligi 2017 yilda yirik buyurtmalarni tamomlab topshirdi.

2017 yilda tamomlangan buyurtmalar orasida xavfsizlik kuchlariga yangi qurollar, harbiy vositalar va jihozlarni taqdim etdi.

“Bora” va “K” raketalari muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. 200dan ortiq “K” raketasi va 50dan ortiq “Bora” raketasi topshirildi.

2017 yilda 20 ta IHA va SIHA dronlari, 9 ta T129 Atak jangovar vertolyoti, 5 ta Sikorskiy S-70, 2 ta A400M samolyoti dengiz floti karvoniga qo’shildi.

Xavfsizlik kuchlari uchun 650dan ortiq Kobra II, Kirpi va Ajdar Yalchin zirhli vositasi foydalanishga topshirildi. Dengiz flotining kuchi yangi kemalarning ishtirokida yanada oshirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar