Matbuot sharhlari 19.04.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

955083
Matbuot sharhlari 19.04.2018

 

Sabah gazetasi: “Favqulodda vaziyat muddati yana 3 oyga uzaytirildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi 2018 yil 19 aprel payshanba kunidan e’tiboran yana 3 oy muddatga uzaytirish to’g’risidagi bosh vazirlik qarori Turkiya oliy majlisi umumiy kengashida qabul qilindi. Natijada mamlakatda favqulodda vaziyat tartibining muddati shu bilan 7-marta uzaytirildi.

Vatan gazetasi, “Binali Yildirimning muddatdan oldingi saylov bayonoti” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiyada 24 iyun yakshanba kuni prezidentlik va parlament saylovlari birgalikda o’tkaziladi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Chankaya ko’shkida matbuotga brifing berdi.

“Mamlakatimizda ro’y berayotgan siyosiy jarayon tufayli shunday qaror olindi”,-dedi Binali Yildirim jurnalistlarga.

Star gazetasi, “Turkiya bilan Eron o’rtasidagi savdoda pul ayriboshlash uchun qadam tashlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya bilan Eron o’rtasida mahalliy pul birligi bilan tijoratda pul ayriboshlash to’g’risidagi shartnoma kuchga kirdi.

Ikki davlat markaziy banki o’rtasida imzolangan shartnoma o’zaro savdoda mahalliy pul birligidan foydalanishga jalb etishdir.

Mazkur shartnoma asosida evro yoki dollarga tobe’ bo’lmagan holda yana ham qulay ravishda tijoriy faoliyatlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Qolaversa, mahalliy pul birligidan foydalanish orqali valyuta riskini kamaytirish nazarda tutilmoqda.

Hurriyat gazetasi: “TANAP faoliyati 30 iyunda boshlanadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ozarbayjon tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazadigan Trans Anadolu tabiiy gaz quvur liniyasi TANAP o’z ishini boshlash arafasida.

“Energiyaning ipak yo’li” deb baholangan ushbu liniya 30 iyunda Turkiyaga tabiiy gaz yetkazishga tayyor holatga keladi. 2020 yilga kelib TANAP liniyasi orqali Yevropaga tabiiy gaz yetkazila boshlaydi.

Yeni shafak gazetasi: “Galatasaray FIBA ayollar Yevropa kubogida chempion” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Galatasaray ayollar basketbol jamoasi Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) Yevropa kubog finali bahslarida italyan raqibi Reyerga 72-65 hisobida mag’lub bo’lishiga qaramay, birinchi matchdagi 22 bal orqali chempionlik martabasini qo’lga kiritdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #xabar

Aloqador xabarlar