Matbuot sharhlari 27.03.2018

Bolgariyaning Varna shahrida bo'lib o'tgan Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammitidan keyin bayonot berildi.

938504
Matbuot sharhlari 27.03.2018

 

Xabar Turk gazetasi: "Erdo'g'anning Yevropa Ittifoqidan 'Kuchli dastak kutamiz' degan" so'zlariga o'rin ajratmoqda.

Bolgariyaning Varna shahrida Turkiya-Yevropa Ittifoqi (YI) samittida to'liq a'zolik jarayonining davom etishi va birga bo'lishga diqat qaratildi. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdo'g'an, anjuman yakunida so'zlagan nutqida, "Terrorizmga qarshi olib borilgan harbiy operatsiyamiz Yevropaning tinchligiga ham hissa qo'shmoqda. Biz endi terrorga qarshi kurashda haqsiz tanqidlar o'rniga dastak kutamiz. Keling kuchli va muvozanatli Yevropani birga quraylik" deb so'zladi.

 

Xabar Turk gazetasi: "Zaytun novdasi harbiy operatsiyasi Tel Rifat va Minbijda davom etadi" deb yozmoqda.

Turk Qurolli Kuchlari (TQK) va Erkin Suriya Qo'shinining (ESQ), Firoq Qolqoni bilan boshlab Zaytun novdasi harbiy operatsiyasi bilan terror tashkilotlarini bartaraf qilish faoliyatlarining Suriyada Tel Rifat va Minbij operatsiyalari bilan davom etishini, Halabga qadar 30 kilometrlik masofagacha xavfsiz hudud vujudga keltirilishi ma'lum bo'ldi. Tel Rifat, Minnag aeraporti kabi muhim bir logistik bazaga ham mezbonlik qilmoqda.

 

Yeni Shafak gazetasi: "Minbij Turk aslaklarini gullar bilan kutib oldi" deb yozmoqda.

 

Suriyada bo'lg'inchi terror tashkiloti PKK/PYD va YPG ishg'ol qilgan shaharlar Turkiyadan "Bizni terroristlardan qutqaring" deb yordam so'radi. So'ngi ifodalar qabila raislari Abdulkerim el Fahheldan keldi. Fahhel, Turk Quroli kuchlari va Erkin Suriya qo'shininig yo'lini kutgani va gullar bilan kutib olganini izohladi.

 

Star gazetasi: “Washngton boshqarusi Patriot taklif qildi" deb yozmoqda.

 

Turkiya hukumati voizi Bekir Bozdag', Prezident Reje Tayyip Eerdo'g'an bilan Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trump bilan suhbatda kun tartibiga kelgan AQShning Turkiyani havo mudofaa sistemasi Patriot bilan ta'minlash mavzusini baholadi. Bozdag', Patriot taklifining Trumdan kelganini izohladi. Bozdag', "Janob 
Trum, Prezdentimizga, 'Biz sizga patriot ta'minlaymiz', degach, janob Prezidentimiz ham 'Biz ham havo mudofaa  sistemamizning turini orttirishimiz mumkin, Turkiya davlati sifatida AQShdan Patriot sistemasi olishimiz mumkin' degan suhbat bo'lib o'tdi" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: "ANKAning parvoz qilish va qo'nish sistemasi ham mahalliy bo'ladi" deb yozmoqda.

 

Turk Havochilik va Fazo Sanoati TAI tomonidan ishlab chiqarilgan mahalliy va milliy havo vositalari ANKA IHAning parvoz qilish va qo'nish sistemalari ham milliylashtirilmoqda. Mudofaa Sanoati METEKSAN tomonidan ishlab chiqarilgan sistema sinab ko'rildi. METEKSAN, uchuvchisiz havo vositalarining avtomat ravishda uchish va qo'nish sistemasining radar texnologiyasidan foydalangan holda ma'lumot ta'minlagan va ilk marta mahalliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilgan OKIS qabul sinovlaridan o'tgani bildirildi. Chet elga tobelikni kamaytirish maqsadida ushbu loyiha, Uchuvchisiz havo vositalari (IHA) aloqaga o'tib parvoz va qo'nishlarni xavfsiz amalga oshiradi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar