Matbuot sharhlari 15.02.2018

Binali Yildirim terror tashkilotlarining Suriyaga tomon siljiganini bildirdi.

911192
Matbuot sharhlari 15.02.2018

Sabah gazetasi: "Bosh vazir Binali Yildirim: PKK Suriyaga tomon siljidi" deganini xabar qilmoqda.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim, Angliyaning BBC Turkcha kanaliga bergan intervyusida, Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh) terroristlarni himoya qilganiga diqat qaratib, "Turkiya terrorga qarshi kurashgani uchun PKKning Iroqning shimolida o'ziga joy topganini va AQSh kabi himoyachisi bo'lgani uchun faoliyatlarini Suriyaga siljitgandir. Buni AQSh ham biladi" deb so'zladi.

 

Yeni Shafak gazetasi: "Bekir Bozdag': AQShga nororizichilik ko'rsatdi" deb yozmoda.

Bosh vazir o'rinbosari va Hukumat voizi Bekir Bozdag', Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh), PKK/KCK/PYD/YPG mavzusida Turkiyani ovora qilmasligi kerakligini izohladi. Bozdag' ijtimoi media orqali bergan bayonotida, "AQSh, ism yoki ko'rinishini almashtirib terroristlarni saqlay olmaydi, bu shaklida haqiqatni saqlab, terror tashkilotini qo'llab-quvatlab ta'lim berganini, o'q-qori, qurol-yaroq va boshqa vositalar bilan ta'minlashni bas qilishi kerak" dedi.

 

Xabar Turk gazetasi: "Turkiya yangi sarmoya kiritishga boshladi" deb yozmoqda.

Iqtisodiyot Vaziri Mehmet Shimshek, Gaziantepda so'zlagan nutqida, "Investitsiya kirish mavzusida dunyosa bir suslik kuzatilmoqda. Rivojlangan davlatlarda milliy daromad pasaygan. Turkiya esa yangi sarmoya kirish arafasida" dedi.

 

Yeni Shafak gazetasi: "Turkiya Iroqda  5 milliard dollarlik sarmoya kiritadi" deb chop etmoqda. 

Turkiya Tashqi ishlar Mevlud Chavushog'lu, Turkiyaning, Iroqni qayta qurish uchun 5 milliard dollar kredit berishini qayd etdi. Chavushog'lu, "Iroqni qayta qurish konferensiyasi"ga ishtirok etish maqsadida borgan Quvaytda so'zga chiqdi, Turk firmalari Iroqda olib borgan loyihalarning qiymatini 25 milliard dollar bo'lganini eslatdi. Chavushog'lu, "5 milliard dollarlik kredit ta'minlashga va'da berdik. Xudi shunday 50 milliard dollarlik gumanitar soha va rivojlanish uchun ham kredit beramiz" dedi.

 

Star gazetasi: "Yevropali turistlar Turkiyani tanlamoqda" deb yozgan.

Ingliz Sayohat Agentlik Ittifoqi Dekabr oyi oxirida chop etilgan, "2018- yil Sayohat trendlari" nomli hisobotida, Turkiyaning qaytadan turistlar tanlagan o'lka bo'lganini, yoz mavsumi o'rin ajratish nispatining 69 % ortganini qayd etdi. Hisobotda, "Sayohat shirkati TUI, 2018- yil Turkiya uchun kelgan talabning ortganini bildirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar