Matbuot Sharhlari 05.01.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

882289
Matbuot Sharhlari 05.01.2018

Haber Turk gazetasi: “Amerika bayrog’i terroristlar bayrog’ining yonida hilpiramoqda”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Fransiya telekanallariga bergan bayonotida, bir terror tashkiloti bo’lgan DEAShga qarshi boshqa bir terror tashkiloti bilan hamkorlik ichida kurash olib borishlikning noto’g’ri ekanligini ta’kidladi. PKK terror tashkilotining Suriya qanotining Suriyani bo’lib, terror yo’lagi tashkil etish borasidagi say-harakatiga e’tibor qaratgan Erdog’an, “terror tashkiloti bu borada Vashingtondan yordam olmoqda” dedi. Erdog’an, “Amerika askarlari huddi ana shu terroristlarning yonida, ular bilan fotosuratga tushmoqda. Amerika bayrog’i terroristlar bayrog’ining yonida hilpiramoqda. Bular qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ridir” dedi.

Hurriyet gazetasi: “Yadroviy energiyaning kelajagi Turkiyada”. Oxirgi yillarda yadroviy energiyaning kelajakdagi yoqilg’isining toriy bo’lishi mumkinligi haqidagi ko’z qarashlar tez-tez kun tartibiga olib chiqilmoqda. Uran kabi yadroviy energiyaning xomashyosi hisoblangan toriyning, yana-da xavfsizroq va toza ekanligi haqidagi ko’z qarashlar ifoda etilmoqda. Kimlardir tomonidan “kelajakning yoqilg’isi” deb hisoblangan toriy zaxirasi bo’yicha Turkiya dunyoda ikkinchi o’rinda turadi.

 Yenishafak gazetasi: “Muvaffaqiyat maqtovi”.  Xalqaro reyting kompaniyasi “Fitch Ratings” bozor iqtisodiyotida o’sish kuzatilgan 10 davlat ro’yhatini ma’lum qildi. Ular orasida Turkiyani birinchi uchlikka kiritgan Fitch, “Roppa-rosa 5 yil ichida Turkiyaning o’rtacha 4.8 foizga o’sishi kutilmoqda” dedi.

Star gazetasi: “Sayyohlar Turkiyaga qaytmoqda”. Britaniyada chop etilgan The Financial Times gazetasi, Turkiyada 2016-yilning 15-iyuli kuni yuz vergan FETO voqeasi ortidan turizm tarmog’ining qayta tiklanganligini qayd etdi. Shu doirada, “Turkiya 2014-yili 36 million sayyohni mehmon qilib, bu tarmoqda rekord o’rnatgan edi. Roppa-rosa ikki yil ortidan yani 2016-yili esa bu raqam 25 million bilan qariyb oxirgi 10 yilning eng pas raqamiga tushdi lekin ko’p o’tmay 2017-yili takror 32 millionga yetdi. Qayta tiklanish, terrorizm xavfining kamayishi ortidan o’zini yaqqol ko’rsatdi” dedi.

Vatan gazetasi: “Turk jarroh o’pka saratoni bo’yicha olib borilgan faoliyat qo’mitasi rahbari etib saylandi”. Turkiyaning muvaffaqiyatli jarrohlaridan biri professor doktor Ayten Kayi Jangir AQShda ham faoliyat olib borgan Xalqaro O’pka saratoni bosqichlari faoliyatida qo’mita rahbari etib saylandi. Professor doktor Ayten Kaya Jangirning qayd etishicha, barcha saraton kasalliklarida bo’lganidek o’pka saratonida ham davolash qarori uchun kasallikning qaysi bosqichda ekanligi muhimdir. O’pka kasalligiga chalingan butun bemorda, kasallikning bosqichi aniqlanmay turib, davolash ishlariga kirishilmaydi.  

 



Aloqador xabarlar