Matbuot sharhlari 11.09.2017

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, islom dunyosini birlikka chaqirdi.

804762
Matbuot sharhlari 11.09.2017

Hurriyat gazetasi, "Islom dunyosini birlikka chaqirdi" deb chop etmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, ıslom dunyosining bellashuv va taranglikka emas, birlik va barobarlikka e'htiyoji bo'lganini bildirib, "Myanmada musulmon birodarlarimizning boshidan o'tgan azob-uqubat, zulm, iskanja va surgunlarni bartaraf qilish uchun birga harakat qilishimiz kerak" dedi. Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) 1. Bilim va Texnologiya samitti kuni kecha Qozog'istonning poytaxti Ostonada o'tkazildi. Qozog'iston prezidenti Nursolton Nazarboyevning mezbonligidagi anjuman Turkiya respublikasi prezident Erdo'g'an qatnashdi.

Star gazetasi, "Binali Yildirim 10 ichida 300 milliard dollarlik investitsiya kiritiladi" deb yozmoqda.

Bosh vazir Binali Yildirim, Eskishehirda, ish dunyosi va nodavlat tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Kelgusi 10 yilda faqat transport negiziga kiritiladigan sarmoya miqdorining 100 milliard dollar bo'lganiga diqqat qaratgan Yildirim, salomatlik texnologiyalariga ham 100 milliard dollar sarmoya kiritilishini takidladi. Aloqa kommunikatsiyasi, texnologiya, aloqa va virtual maydonda ham 100 milliard dollarlik sarmoya kiritilganiga diqat qaratgan Yildirim, "300 milliard dollarlik investitsiyadan bahs etilmoqda. 10 yil uchun bahs etayapmiz. Bunlar rejalashtirilar ekan biz ham bo'sh turmaymiz. O'lkamizga global investitorlarning diqqatini tortishga harakat qilamiz" dedi.

Sabah gazetasi, "Faqat Turkiya yordam bermoqda" deb chop etgan.

Dunyo, Arakanli musulmonlarning muammolarini ko'rmasdan kelar ekan, Turkiya gavjum hayat bilan Bangladeshdagi lagerni ziyorat qilib musulomonlarga hamdardlik bildirdi. 2012- yilidan beri Arakan musulmonlarining tragediyasi bilan yaqindan aloqador bo'lgan va o'tgan juma kuni hududga bir tonnalik yordam tarqatish bilan boshlatgan Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi TIKA rahbari Serdar Cham "Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) kun o'tgan sari yo'q bo'lib ketmoqda. Faqat Turkiya Arakanni qo'llab-quvatlamoqda" dedi.

Vatan gazetasi, "Chipras; Turkiyaga eshiklarni yopib bo'lmayi" sarlavhasi bilan chop etmoqda.

Yunoniston bosh vaziri Aleksis Chipras, Turkiya va Yevropa Ittifoqi (YI) o'rtasidagi muzokaralarni to'xtatishning noto'g'ri bo'lishini izohladi. Chipras, 82. Xalqaro Fesalonik Ko'rgazmasi doirasida tartiblangan matbuot anjumanida so'zga chiqdi. Turkiya bilan YI o'rtasidagi taranglikdan keyin Yunonistonga oqim etgan ko'chmanchilar 64% ortgan. Turkiyaning muhim kuch va hudud xavfsiligi, barqarorligi jihatidan muhim bir omil bo'lganini ifoda etgan Chipras, Germaniya bosh vaziri Angela Merkelning Turkiya bilan aloqali mulohazalarini siyosiy bo'lganini izohladi.

Xabar Turk gazetasi, "Bayram tatilida 30 million kishi sayohat qildi" deb chop etmoqda.

Qurbon hayiti tufayli 10 kunga chiqarilgan tatilidan foydalanmoqchi bo'lgan 30 million kishi sayohat qildi. Bayramda avtoyo'llar va ko'priklardan foydalangan insonlar soni 15,5 millionga borib yetdi. Qurbon hatiyi bo'yicha aeraportda 7 million 156 ming 31  yo'lovchi foydalangan. 10 kun bo'yicha jami 1 million 830 ming kishi sayohat qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar