Matbuot Sharhlari 05.09.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

801557
Matbuot Sharhlari 05.09.2017

Hurriyet gazetasi: “Myanma masalasini liderlar bilan birga qo’lga olaman”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Istanbulda so’zlagan nutqida, butun islom olamining katta kurash ichida ekanligini eslatib, “Bu kurashga Suriyada, Iroqda, Falastinda, Liviyada duch kelindi. Myanmada esa afsuski yirik qatliomga qo’l urildi. Odamgarchilik esa Myanmadagi qatliomni jimgina o’tirib tomosha qildi. Televizorlarda Rohingya musulmonlari tushgan vaziyatni tomosha qilgandirsiz… Ularning qanday azob tortganligini ko’rdingiz. Shunday ekan Myanma masalasini 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Umumiy yig’ilishida ken ko’lamli olaroq kun tartibiga olib chiqmoqchiman. Aytib o’tish joizki Islom hamkorligi tashkiloti davriy rahbari sifatida dunyoning yigirmaga yaqin lideri bilan bu mavzularni qo’lga oldim, qo’lga olib kelmoqdaman” dedi.

Vatan gazetasi: “Turkiya G’aznachilik kafolati ostidagi kredit masalasida oldingi o’ringa chiqdi”. Bosh vazir Binali Yildirim, G’aznachilik kafolati ostida foydalanilgan kredit miqdorining 201 milliardga, kafolat o’lchamining esa 179 milliard liraga ko’tarilganligini eslatib o’tgan holda, “Turkiya, G’aznachilik kafolati ostida foydalanilgan kredit miqdori bo’yicha Janubiy Koreyadan o’zib, birinchi o’ringa chiqdi. Muvaffaqiyatli ravishda biz yo’lga qo’ygan ushbu tizim, dunyoning bir necha mamlakatiga o’rnak bo’ldi” dedi.

Sabah gazetasi: “Yosh pianinochi dunyo birinchiligini qo’lga kiritdi”. Italiyada uyushtirilgan Xalqaro Tadini nomidagi musiqa musobaqasida Turkiya nomidan ishtirok etgan Kaan Turan, 11-13 yosh kategoriyasida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan “Yashar” nomidagi universitet tomonidan ma’lum qilinishicha Kaan Turan 6 yoshida boshlagan pianino ta’limini universitet qoshidagi Musiqa akademiyasida davom ettirdi va 13 yoshidagi Turan, Italiyaning Bergamo shahrida uyushtirilgan Xalqaro Tadini musiqa musobaqasida ishtirok etdi. Dunyoning 17 davlatidan 45 kishi ishtirok etgan musobaqada Kaan Turan Fazil Sayning “Qora tuproq”, Shopenning “Inqilob etyudi” va Motsartning “Fortepiano sonatalari”ni chalib, g’alabaga erishdi.  

Yeni Shafak gazetasi: “Jahannam darvozasi ziyoratchilar xizmatiga ochiladi”. Turkiyaning Denizli viloyatining Pamukkale tumanidagi Hierapolis antik shahridagi “Jahannam darvozasi” qayta tamirlanadi. Nafaqaga chiqqanidan keyin ham qazish ishlarida ishtirok etgan sobiq Qozish ishlari rahbari va shtatdagi professor doktor Francesco D'Andria, “Hierapolisdagi Jahannam darvozasi dunyodagi yagona arxeologik qiymatga egadir” dedi. D'Andria, kelasi yili tamomlanishi ko’zda tutilgan tamirlash ishlari ortidan mintaqaning ziyoratga loyiq holga keltirilajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Star gazetasi: “Ramil Guliyev o’tgan oyning eng yaxshi atletikachisi deb topildi”. Yevropa atletika uyushmasi tomonidan har oy internet ovozlari orqali aniqlangan “Yevropadagi oyning eng yaxshi atletikachisi” mukofatiga milliy atletikachi Ramil Guliyev loyiq deb topildi.

Yevropa atletika uyushmasining Twitter orqali tarqatgan ma’lumotiga ko’ra “Yevropada oyning eng yaxshi atletikachisi” nomzodlari o’rasida ko’rsatilgan Guliyevning eng ko’p ovoz olib, avgust oyining eng yaxshi atletikachisi deb topilganligi qayd etildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar