Matbuot Sharhlari 31.07.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

780577
Matbuot Sharhlari 31.07.2017

Hurriyet gazetasi: “Anqara AQSh ayblovlariga e’tiroz bildirdi”. Turkiyani Idlibdagi terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlashda ayblagan Amerika Qo’shma Shtatlarining DEAShga qarshi kurash masalasi bo’yicha maxsus vakili Brett McGurkga Tashqi ishlar vazirligi to’g’ridan-to’g’ri qo’ng’iroq qilib Turkiyaning e’tirozini bildirdi. McGurkdan so’zlarini tuzatishi talab qilindi.  

Yeni Shafak gazetasi: “YEKA tenderi 3-avgust kuni o’tkaziladigan bo’ldi”. Shamol energetikasi Qayta tiklanadigan energiya manbaalari maydoniga atalgan tender 3-avgust payshanba kuni o’tkaziladigan bo’ldi. Qayta tiklanadigan energetika direktorligining internet saytida o’rin olgan e’longa ko’ra konsorsiumlarning o’tgan haftadagi murojaatlari YEKA yetakchiligi tomonidan baholandi va tenderga murojaat qilgan barcha firma rahbarlarining ishtirokida o’tkazilishi to’g’risida qaror qabul qilindi.

Hurriyet gazetasi: “Teskari uyni ziyorat qilganlar soni ortdi”. Antaliyaning sayyohlik markazlaridan yana biri hisoblangan Kundudagi dunyoning on uchinchi, Turkiyaning esa birinchi teskari uyini ziyorat qilganlar soni ortdi. Teskari uy, 6 oyda bir o’zgartirilib turiladigan yangi ichki bezatishlari bilan ziyoratchilar e’tiborini o’ziga qaratmoqda.   

Sabah gazetasi: “Depardieu, turk filmlariga maqtov yog’dirdi”. Italiyada chop etilgan Corriere della Sera gazetasiga intervyu bergan Gérard Depardieu, bu yil 74-uyushtiriladigan Venedik film festivalining yaqinlashib qo’lganligini eslatishi va “Bugungi kunda o’tkazilayotgan festivallarning kinofilmlarga qanday hissa qo’shayotganligi” haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

“Venedik va Berlin film festivallarining Cannesdan keyingi o’rindagi kinofilmlarga eng ko’p hissa qo’shganligini bemalol aytishim mumkin. Cannes, mujavharlar vitrini va moda podiumiga aylandi. Shuningdek u yerga har doim ayni rejissyor va ayni senaristlar taklif qilinmoqda. Belgiyaliklar ko’z boyamachilik qilsa, amerikaliklar esa ahmoq lekin Turkiya bilan Xitoy haligacha qiziqarli filmlarni tasvirga olishni davom ettirmoqda.”    

Star gazetasi: “Oltin bolalar”. Turkiyaning Samsun viloyatida uyushtirilgan “2017 Qulog’i og’irlar olimpiyadasi”da erkaklar o’rtasidagi milliy terma jamoasi, 0-0 hisobiga durang natijalangan final bosqichida Ukrainani penaltıda 4-3 hisobiga mag’lub qilib, chempion bo’ldi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an g’olib bo’lgan jamoaga bo’lgan tabrik so’zini Turkiya Qulog’i og’irlar sport federatsiyasi rahbari Yakup Umid Kihtir orqali yetkazdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar