Matbuot sharhlari 23.06.2017

AQSh PYD bilan aloqali orqaga qadam tashladi.

758448
Matbuot sharhlari 23.06.2017

Star gazetasi, "Qurollarni yo ko'madilar yo ko'miladi" deb yozmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Anqaraning Qahramonkazan tumanida dehqonlar bilan bo'lgan iftor ziyofatida terrorga qarshi kurash mavzusiga to'xtaldi. Erdo'g'an, "Taranglikni tarqatishga uringanlar maqsadiga yetmaydi. Terroristlarni har tomonda yo'q qilamiz. Tendurekda, Judida, Gabarda, Bestlerda ularni toru-mor qilamiz. Ayni shaklda Kandilgacha boramiz" deb so'zladi.

Vatan gazetasi, "AQSh orqaga qadam tashladi: YPGning qo'lidagi barcha qurollar olinad" deb chop etmoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vaziri James Mattis, Turkiya miliy mudofaa vaziri Fikri Ishikga maktub yubordi. AQSh bundan avval terror tashkiloti PKKning davomi YPGga berilgan qurollarni qaytarib olmasligini bildirgan edi. Maktubda esa orqaga qadam tashlanib: Qurollar ro'yxati Turkiyaga beriladi. Rakka terrordan tozalangandan keyin hammasi topshiriladi" deb yozilgan.

Sabah gazetasi, "Turk askari Qatarda" deb chop etmoqda. 

Turk Qurolli Kuchlarining Qatar askariga harbiy ta'lim berishi va mushtarak mashg'ulotlar o'tkazishi jadallashdi. Ta'lim beradigan Turk askarlari, Qatarga yuborildi. 25 askardan tashkil topgan ilk guruh kecha Qatarga borib yetdi. Guruhda 25 askar va 5 zirhli vosita joy olmoqda. Qatarda quriladigan harbiy bazada xizmat qiladigan askarlarning, muhitni tanish va harbiy mashg'ulotlar o'tkazishi bildirildi. Tatbiqotlarning Ko'rfaz o'lkalarini nishonga olmagani faqat hudud xavfsizligi uchun o'tkazilishiga diqqat qaratildi.

Xabar Turk gazetasi, "Turk Oqimi loyihasi uchun 6 milliard dollar ketadi" deb chop etmoqda. 

Rossiyaning tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi eng katta firmasi Gazpromning yuqori martabali vakili o'rinbosari Andrey Kruglov, Turk Oqimi tabiiy gaz quvur tarmog'ining qurilishiga 6 milliard dollar ketishini ma'lum qildi. Tarmog'lardan biri Turkiyaga keladi boshqasi esa Yevropaga tabiiy gaz yetkazadi. Turk Oqimi quvur tarmog'i, Rossiyadan Qoradengizga va u yerdan Turkiyaga yetib keladi. Rejalashtirilgan ilk tarmog' 2019 yilining oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Hurriyat gazetasi, "Birjada bayram" deb yozmoqda.

So'ngi olti oydan beri yuksalishga davom etgan birja Istanbul, bayramni erta boshladi. Joriy yil 28 % qiymat qozonib dunyoda eng ko'p qozontirgan birja bo'lgan Istanbul Birjasi 0.69% ko'tarilib 100 ming 72 bal bo'ldi. Xorij investitolarning ham talablari ortgani bunga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Qolavesa, Markaz Bankining ma'lumotlariga ko'ra 16 Iyun nihoyasiga yetgan haftada xorijliklarning 1 miliard obligatsiya xarid qilish dasturi samara bergan.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar