Matbuot sharhlari 25.05.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

739088
Matbuot sharhlari 25.05.2017

                          

Star gazetasi, Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’an Turkiya idoralar va birjalar birligi umumiy kengashida so’zga chiqib, Turkiya idoralar va birjalar birligi a’zolaridan “mahalliy avtomobil” talabini tilga oldi.

“Keling, shu 100% mahalliy avtomobilimizni “Made in Turkey” emblemasi bilan chiqaraylik”,-deya taklif kiritdi.

Turkiya idoralar va birjalar birligi rahbari Rifat Hisarjiko’g’li: “Biz bunga tayyormiz, yetarki siz bizni qo’llab quvvatlang”,-deya javob berdi.

Yeni shafak gazetasi, “Suriyaga yangi chegara” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Qurolli kuchlari va Mustaqil Suriya qo’shini tomonidan olib borilayotgan Evfrat qalqoni operatsiyasi natijasida 18 avgustda terror tashkiloti DAIShdan tozalangan Turkiya-Suriya chegarasidagi Halabga qarashli Cho’banbey tumanida yangi chegara posti ochilmoqda.

Yangi chegara postini mintaqadagi eng faol o’tish markaziga aylantirish rejalanmoqda.

Sabah gazetasi, “Xorijliklarga uy sotilishida ortish” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya iqtisodiyotining eng ilg’or sohalaridan biri bo’lgan turar-joy qurilish sektorida yuqori sifatli ishlab chiqaruvchilarning kampaniyalari, pasaytirilgan foiz nisbatlari va soliq tashviq kampaniyalari ta’sirida turar-joy sotish darajasi orta boshladi.

Turkiya Statistika tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, aprelda turar-joy sotish nisbati o’tgan yilning aprel oyiga nisbatan 7.6% oshgan holda, 114 ming 446 nafarni tashkil qildi.

Xorijliklarga sotilgan uylarning miqdori esa, aprel oyida 2.7% oshgan holda, 1624 nafarni tashkil qildi.

Xabar turk gazetasi, “Yura olmas edi, lekin uchdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Angliyadan dam olish uchun Turkiyaning Fethiye dam olish maskaniga kelgan Rosa Sepenjer parashyut ustasi Mustafa Kemal O’zturk hamrohligida baland tepalikdan sakradi.

19 yoshda bo’lgan xorijlik sayyoh tug’ma nogiron bo’lgani sababli yura olmas edi.

Tug’ma nogiron bo’lgan sayyoh hayotiga hech qachon yurmagan bo’lishiga qaramay, samoda uchish zavqini chiqardi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #sharh , #xabar , #yangiliklar

Aloqador xabarlar