Matbuot sharhlari 06.04.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

707188
Matbuot sharhlari 06.04.2017

                 

Xabar turk gazetasi, “Yevropa Ittifoqining sun’iy inoqligi buzilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Yevropa Ittifoqida tuzilgan sun’iy farovonlik tartibiga darz ketganini, aholisining o’rtacha yoshi 43 bo’lgan Yevropa Ittifoqi yoshlarni ish bilan ta’minlashga qiynalganini aytdi.

Yevropa hozirda yangi ish izlab borganlarning umidi bo’lishdan chiqqanini tilga olgan Erdog’an: “Bizni iqtisodiy cheklov, viza va tijoriy embargolar bilan qo’rqitmoqchi bo’lganlar avvalo o’zini bilsin. Yevropaning vaziyati yaxshi emas. İqtisodiy cheklov keltirgan davlatlar kelgusida daromadi pasaygan, qarzi ko’paygan va tijorati toraygan, investitsiya muhiti pasaygan, ishsizlik oshgan keksaygan bir Yevropa qit’asiga aylanadilar. Ana o’shanda kimning kimga ehtiyoji borligi ma’lum bo’ladi”,-dedi.

Yeni shafak gazetasi, “Jazirama issiqqa tayyor bo’ling” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiyaning rivojlanishini xohlamagan davlatlar doimo terror tashkilotlaridan foydalanganini aytdi.

 “Tashqi kuchlar bir paytlar Asala nomli terror tashkiloti tuzdilar. Ishini bitirishi bilan bu terror tashkilotini maydonlarga chiqardilar. PKK, PYD, YPG, DHKP-Jni boqib kengaytirdilar. Bular yetarsiz qolgan paytlarda esa, Fathulloh Gulen harakatidan foydalandilar. Suriya va Iroqda DAIShni bizga hujum qildirishdan ham toymadilar”,-deydi R.T.Erdog’an.

Turkiya terrorizmga qarshi qattiq kurash olib borganini tilga olgan Erdog’an: “Al Bab, Jarablus, Rai va Dabik terroristlardan tozalandi. Endi Munbichni tozalaymiz. Terror tashkilotlaridan foydalanib bizga tiz cho’ktirishni xohlaganlarni bu yil qiyin kunlar kutmoqda”,-dedi.

Sabah gazetasi, “Interpol tomonidan qidirilayotgan terrorist Germaniya fuqaroligiga qabul qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 1988 yili Turkiya sharqida ikkita boshlang’ich ta’lim maktabini yoqib yuborgan terrorist Jalol Kildag’ Karayiplarda 3 ta oroldan tuzilgan Angliyaga qarashli kichkina davlat Jayman orollariga yo’l olgan kemadan tushishi bilan qo’lga tushirildi.

Bu terroristning Germaniya fuqarosi ekani aniqlandi.

Nemis turmush o’rtog’i bilan birga orolga turist sifatida kelgan terrorist Germaniya passportiga ega bo’lgan, lekin u xalqaro maydonda qidiruvda bo’lgani uchun qo’lga olingan.

Hozirda terroristning Turkiyaga qaytarib yoki qaytarilmasligi maroq bilan kutilmoqda.

Vatan gazetasi, “Turkiyaning Suriyaga ko’rsatgan muruvvati Yevropani uyatga qo’ymoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Beshar Asad rejimi kimyoviy hujum sodir qilgani tufayli dunyoda qoralanmoqda.

Angliya Tashqi ishlar vaziri Boris Johnson Angliya va Amerika 2013 yili Suriyada kimyoviy quroldan foydalanilganiga ko’z yumganini eslatib: “Barchaga ma’lumki, bugun buning oqibatini ko’rib turibmiz. Suriya xalqi o’sha qarorning natijalarini boshidan o’tkazmoqda”,-dedi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel ham “Turkiya qochqinlarni qabul qilibgina qolmasdan, ularga katta yordam ko’rsatdi. Ba’zan Yevropadagi tortishuvlarni ko’rib uyalib ketaman”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #xabar , #yangilik

Aloqador xabarlar