Matbuot Sharhlari 02.022017

Birlashgan arab amirliklarining poytaxti Abu Dabida uyushtirilgan Rus- Arab hamkorlik forumida so’zga chiqqan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Suriyadagi sulh jarayonini ta’qib etish uchun tashkil etilgan uchlik mexanizm faoliyatga o’tdi.

663974
Matbuot Sharhlari      02.022017

Yeni shafak gazetasi: “ uchlik mexanizm faoliyatga o’tdi. ”

Birlashgan arab amirliklarining poytaxti Abu Dabida uyushtirilgan Rus- Arab hamkorlik forumida so’zga chiqqan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Suriyadagi sulh jarayonini ta’qib etish uchun tashkil etilgan uchlik mexanizm faoliyatga o’tdi. Suriya rejimi umuman sulhga  bog’liq ekanini ma’lum qildi.

Lavrov, Qozog’istonning poytaxti Astanada o’tgan hafta bo’lib o’tgan uchrashuvlarda olingan qarorga ko’ra, Turkiya, Rossiya va Eron tomonidan tuzilgan uch tomonlama  mexanizm faoliyatga boshlatish kuni  borasida ma’lumot bermadi. Buning bilan birgalikda, Suriya sulhning   hayotga tatbiq etish  va kuzatilishi mavzusida Astanada Rossiya, Eron va  Turkiya sulh uchrashuvlariga tegishli 6 fevralda o’tkaziladigan  texnik yig’ilishga BMT ishtirok etadi. Texnik yig’ilishda  kafil o’lkalar Rossiya va Turkiya 30- dekabrdan beri sodir bo’lgan  o’zgarishga doir bir hisobot taqdim etadi.  

Sabah gazetasi: “ G’arb 15- iyulni to’g’ri tushuna olmadilar”

Angliya Tashqi ishlar vaziri Yevropa va AQShdan  mas’ul  Davlat vaziri Alan Duncan, 15- iyul harbiy to’ntaruv tashabbusidan Fetullahchi  terror tashkiloti (FETO) mas’ul ekaniga ishonganini ma’lum qilib “ Yevropa o’lkalari Turkiyaning boshidan o’tgan va hanuz ham boshidan o’tayotganlarni to’g’ri tushuna olamadi” dedi. “ 15 iyuldan so’ngra G’arbdan Turkiyaga vazir saviyasidan dastlabki safarni amalga oshirgan Duncan,  Ingliz Parlamenti tashqi aloqalar komissiya  a’zolarining  bergan savollariga javob berdi. Turkiya 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusidan so’ngra boshidan o’tgan travmalarni bartaraf etganlari   yo’q degan Duncan, harbiy to’ntaruv tashabbusi  andazasi vayronkorona  saviyada ekanini tilga olib “ Turkiyaning boshidan o’tganlarini anglash majburiyatdamiz” dedi.

Haber Turk gazetasi: “ eksportga 15 foiz ortish bilan tez boshlaydi ”

Turkiya eksportchilar majlisi pasayish bilan yakunlagan 2016 yilining ortidan 2017 yiling ma’lumotlarini izoh etdi. Bunga ko’ra, Yanvar oyida eksport 15 foiz ortish bilan 10 milliard 528 million dollar bo’lar ekan, oxirgi 49 oyning ortishi  rekord o’rnatdi. Oxirgi 12 oylik eksport,  avvalgi oyga ko’ra 1,8 nisbatida ortish bilan 143 milliard 588 million dollar bo’ldi.

Sektorga ko’ra dekabr oyida eng ko’p eksporti 2 milliard 69 million dollar avtomobil  sektori amalga oshirdi. avtomobil sektorini   1 milliard 224 million dollar bilan tayyor kiyim va konfeksiyonni 1 milliard 234 million dollar bilan ximiyaviy moddalar sektori ta’qib etdi.  

Eksportda Yevropa ittifoqi o’lkalarining hissasi 50 foizga yaqinlashdi, Yaqin sharq o’lkalari hissasi esa  18,1foizga  yetib bordi.

Hurriyat gazetasi: Turkiya va Qatardan  yangi tijorat aloqalari”

Mintaqada faol bir savdo  aloqasi tuzmoqchi bo’lgan Turkiya va Qatarlik investorlar hamkorlik qilmoqda.
Qatarda Amiri Al Saninig   oilasi tomonidan  tashkil etilgan  Qatar jamg’armasiga oid  bir Qatar milliy kongress markazi
 

 

 

Va Turk shirkati Medyacity, Expo Turkey by Qatar ko’rgazmasi zanjiri boshalayapti.

Dastlabki ko’rgama Qatarning poytaxti Dohada Qatar milliy kongress markazida 18- 20 aprelda o’tkaziladi. Turizm, salomatlik turizmi, energiya, atrof- muhit metodi, oziq- ovqat, transport va mebel sektoridan 300 firma ko’rgazmaga ishtirok etadi.

Vatan gazetasi: “ Temirdan İpekyo’lining  faqat ikki oylik ishi qoldi”

Transport, Dengizchilik va kommunikatsiya  vaziri Ahmet Arslan, “ Demirden İpakyo’li” sifatida baholangan Baku- Tbilisi  Temiryo’li loyihasini, Mart va Aprel oyida 2 oylik  jadal faoliyat bilan yilning dastlabki yormida hayotga tatbiq etiladi. Dedi. Loyiha birinchi o’rinda Kars bo’lib sharqiy  va Janub sharq Onado’lidagi 23 shaharni o’z ichiga olgan joziba markazlari  jihatidan muhim ekanini ta’kidlagan Arslan, mintaqa Pekindan  Londongacha  uzangan ipak yo’li markazlaridan  biri holiga kelganini aytdi. Arslan, temir yo’li faoliyatga o’tganda 1 million yo’lovchi 6.5 million tonna  yuk tashish imkoniyatiga ega bo’ladi deb bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuot , #Suriya , #Sulh , #Gazeta

Aloqador xabarlar