Matbuot Sharhlari 26.01.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar sharhi.

659584
Matbuot Sharhlari 26.01.2017

Sabah gazetasi: “Yangi konstitutsiya taklifi uchun faoliyatlar tez kunda boshlaydi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Afrikadan Turkiyaga qaytar chog’ida Parlamentda qabul qilingan konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish taklifini baholamoqchi ekanligini aytdi. Erdog’an kecha bu haqidagi bayonotida, “Bugun kechasi nasib qilsa Turkiyaga qaytaman. O’ylaymanki Majlis kengashi parlamentdagi vaziyat natijasi haqida Prezidentlik apparatiga ma’lumot bergandir. Unday bo’lsa natijani tezlik bilan baholab, ko’p o’tmay o’z qarorimizni barcha bilan baham ko’rishamiz. Chunki xalqim buni sabrsizlik bilan kutmoqda” dedi.   

Star gazetasi: “Yildirim: Turkiyada ishlar vaqt o’tishi bilan o’z yo’liga kiradi” dedi. Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiyadagi AQSh dollari vaziyatini o’tkinchi ekanligini, kelasi kunlarda esa hammasining o’z yo’liga kirajagini aytdi. Ishbilarmonlarni o’z faoliyatlarini davom ettirishga undagan Yildirim, bugungi kunda Turkiya haqida tarqagan salbiy tushunchalarga e’tibor qaratib, “FETO terror tashkiloti Yevropa va Amerikada jiddiy ravishda pul sarflab, lobbi faoliyati yuritmoqda. 2015-yilning 17-dekabri bilan 2016-yilning 15-iyuni kuni amalga oshirolmagan va PKK terror tashkilotining chuqurlar, shahar ishg’ollari orqali ham bajarolmagan faoliyatlarini” iqtisodiy vaziyatni murakkablashtirish yo’li bilan hal qilishga harakat qilayotganligini ko’rib turibmiz. Biz hammasini ko’rib turibmiz lekin buni hech qachon amalga oshirolmaydilar. Shunday ekan Turkiya haqidagi salbiy fikrlarni tuzatish uchun biz yana da ko’proq g’ayrat qilishga majburmiz” dedi.

Vatan gazetasi: “Bosh vazir Binali Yildirim Donald Trumpga muhim xabar yetkazdi”. Bosh vazir shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Binali Yildirim Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning saylovdan oldin o’z xalqiga, “Yo’llar, temir yo’llari va aeroportlar quraman” degan va’dalariga e’tibor qaratdi. Bosh vazir Binali Yildirim, Adolat va taraqqiyot partiyasi hukumati va Turkiyaning loyihalar bilan tanishib chiqganligini ta’kidlab, AQShning tajribaga ehtiyoji bo’lsa u, bu yerda deb xabar yetkazdi. Yildirim, “Bu hazil emas, AQShda tez yurar poyez yo’q, bizda bor. Shunday ekan hech kim Turkiyaga boshqa ko’z bilan qaramasin. Berlin aeroportining ochilish marosimi shu bilan oltinchi marotaba keyingiga qoldirildi lekin dunyoning eng katta aeroportining birinchi bosqichini Hudo xohlasa biz 2018-yilning 26-fevrali kuni ochamiz” dedi.        

Yeni Shafak gazetasi: “Emine Erdog’an qalbimiz Afrika bilan birga” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga Tanzaniya, Mozambik va Madagaskarni o’z ichiga olgan Afrika ziyoratida hamrohlik qilgan turmush o’rtog’i Emine Erdog’an nomi tilga olingan mamlakatlarda turli ziyoratlar amalga oshirdi. Shu doirada Emine Erdog’an Tanzaniya poytaxti Dar-es-Salam shahrida Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi ofisining ochilish marosimida ishtirok etdi. Unda Emine Erdog’an nogironlarga atab 25 ta nogironlar aravachasi topshirdi. TIKA tomonidan restovratsiya qilingan Tanzaniya Milliy muzeyini ham ziyorat qilgan Emine Erdog’an TIKAning, Turkiyaning Afriga qit’asiga uzatilgan do’stlik qo’li ekanligini qayd etdi. Afrikaning Turkiya uchun do’stlik yurti ekanligini belgilab o’tgan Erdog’an, Turkiyaning hech qanday foyda ko’zlamagan holda Afrikaga do’stlik qo’lini cho’zganligini ifodaladi. Emine Erdog’an Mozambikdagi yetimxonaga ham yordam qo’lini cho’zdi va u yerdagi bolalarga turli sovg’alar baxsh etdi.   

Haberturk: “Islom dinini qabul qilgan Lindsay Lohan takror Istanbulda”. Amerikalik taniqli aktrisa, model, qo’shiqchi va qo’shiqlar muallifi shuningdekIstanbul shaydosiLindsay Lohan, tunov kuni yana Istanbulga tashrif buyurdi. O’tgan yili Turkiyaning Gaziantep shahridagi suriyalik muhojirlarni ziyorat qilgan va ana shu ziyorati chog’ida hijob kiyishni boshlagan taniqli yulduz islom dinini qabul qilganidan keyin Instagram tarmog’idagi fotosuratlarining hammasini o’chirganligi bilan ham hammaning e’tiborini o’ziga qaratdi.      Lindsay Lohan, o’z yurtiga qaytar chog’ida Instagram tarmog’idagi barcha fotosuratlarini o’chirib nomining yoniga “Alaykum salom” deb yozib qoygan edi.

     



Aloqador xabarlar