Matbuot sharhlari 08.11.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

606189
Matbuot sharhlari 08.11.2016

 Sabah gazetasi, “Manzilingizni bilamiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiyaning tinchligiga rahna solgan terror tashkilotlari PKK, DAISh, Fathulloh Gulen harakati, DHKP-J kabi ekstremist guruhlarning faqatgina terroristlardan iborat emasligini, balki ularning orqasida tashqi kuchlarning qo’li borligini, pinxona rejalar va loyihalar borligini aytib o’tdi.

 “G’arb davlatlari terroristlarga xohlagancha boshpana bersin. Bizga zarar berish uchun terroristlarga quchoq ochgan davlatlarga shuni aytamanki, bundan buyon saqlana olmaysiz. O’zingizni saqlaydigan ahvolingiz qolmadi. Siz xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham biz zamonaviy madaniyatlar saviyasiga erishamiz. PYD/YPG terror guruhlari PKKning hamkorlaridir. DAIShni yo’q qilish uchun ulardan foydalanyabsiz. Bu cho’pchakka hech kim ishonmaydi”,-deydi Prezident Erdog’an.

Xabar turk gazetasi: “Rakkani Turkiyasiz qutqara olmaymiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Harbiy Bosh shtab raisi general Hulusi Akar bilan AQSh Harbiy Bosh shtab raisi general Joseph Dunford avvalgi kuni Ankarada uchrashdi.

Mazkur uchrashuv tafsilotlari AQSh Mudofaa vazirligi Pentagon tomonidan ma’lum qilindi.

“Amerika va Turkiya harbiy vakillari Suriyada DAIShga qarshi jangovar operatsiyaga doir reja xususida kelishib oldi”,-deyiladi Pentagon bayonotida.

AQSh Harbiy Bosh shtab raisi general Joseph Dunford Ankara ziyoratini yakunlar ekan: “Rakkani Turkiyaning yordamisiz  terroristlardan qutqara olmaymiz. Ular operatsiyalarda tinchliksevar kuchlarni aniqlab olishga yordam beradi”,-dedi.

Joseph Dunfordning tashrifi chog’ida, Mosul operatsiyasi xususida hamkorlik rejasi ham ko’zdan kechirildi.

Yeni shafak gazetasi, “700 shirkat bu ko’rgazmada” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Mustaqil sanoatchi va tadbirkorlar jamiyati (MUSIAD) tomonidan tashkil qilingan MUSIAD EXPO tadbiri ertaga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning tashrifi bilan ochiladi.

Mazkur yarmarkaga 100dan ortiq mamlakatdan taxminan 7000 atrofida xorijlik mutahassis qatnashishi va 200000 atrofida mehmonning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ushbu savdo yarmarkasiga bu yil 700 shirkat o’z standlari bilan qatnashadi.

Vatan gazetasi, “Tehrondan taklif: uch nafar Eron banki Turkiyada ochiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Eronning “Saman Bank”, “Bank Pasargad” va “Parsian Bank” Turkiyada o’z filialini ochishga tayyorlanmoqda.

Kuni kecha Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Eron ziyoratini yakunladi.

U uchta Eron banki Turkiyada faoliyat ko’rsatishini bildirib, “Eron rasmiylari bunga doir taklifini ma’lum qildi, biz ham taklifni ko’zdan kechiryabmiz”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #xabar , #yangilik

Aloqador xabarlar