Matbuot sharhlari 27.10.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

598276
Matbuot sharhlari 27.10.2016

 

Yeni shafak gazetasi, “Erdog’andan operatsiya ishorasi: Munbich va Afrin terrordan tozalanadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an prezidentlik saroyida mahalla komiteti raislarini qabul qildi.

Prezident Erdog’an mahalla komiteti raislariga hitob qilar ekan, Suriyada PKK bilan aloqasi bo’lgan PYD va YPG ekstremist guruhlariga qarshi operatsiya o’tkazishga ishora qildi.

“Suriyada terror mintaqasi tashkil qilishga harakat qilinmoqda. Bu esa Turkiyaning tinchligiga yaqindan tahdid soladi. Munbichni PYD terror tashkilotidan tozalaymiz. Terroristlar u yerdan chekinmasa, og’ir zarba berishga tayyormiz”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

Evfrat qalqoni operatsiyasida keyingi maqsad terror tashkiloti DAISh qo’lidan Al Bab tumanini qutqarish ekanini tilga olgan Erdog’an: “Kilisdan Kirikxon hududiga tomon ketgan territoriyani terroristlardan tozalashni rejalashtirdik. Hozirda Suriyada yuzaga kelayotgan terror mintaqasi biz uchun katta tahlika hisoblanadi. DAISh, PYD, PKK bo’lsin hech qanday farqi yo’q. Turkiyaning nazarida bularning barchasi bir terror tashkilotidir. Darhol bu illatning boshini ezish kerak”,-dedi.

Vatan gazetasi, “Turk oqimi 3 yil ichida bitkaziladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Energetika vaziri Berat Albayrak Rossiya tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazadigan Turk oqimi loyihasi 3 yil ichida amalga oshirilishini ma’lum qildi.

“Mazkur loyihaning qurilish ishlari 2017 yili boshlanadi, loyihaning birinchi bo’limi 2019 yili yakunlanadi. Turk oqimida birinchi quvur tarmog’i Turkiyaga, ikkinchi quvur tarmog’i esa, Turkiya orqali janubiy Yevropa bozoriga gaz yetkazish bilan aloqador bo’ladi. Bu loyiha Turkiya bilan mintaqadagi boshqa davlatlarning munosabatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi”,-deydi Turkiya Energetika vaziri Berat Albayrak.

Xabar turk gazetasi, “F-35 ning yangi avlodining montaji boshlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaga topshiriladigan F-35 jangovar samolyotining yangi avlodi Amerikada montaj qilinmoqda.

F-16 va F-18 modelidagi jangovar samolyotlardan yana ham faol va kuchli bo’lgan F-35 jangovar samolyoti kelgusi 40 yil ichida eng ilg’or qobiliyatga ega jangovar samolyot sifatida ko’rsatilmoqda.

Radar sistemasiga yo’liqmaslik qobiliyatiga ega bo’lgan F-35 loyihasi Turkiya bilan bir qatorda, jami 9 davlatning mushtarak loyihasi hisoblanadi.

Turkiya F-35dan jami 116 dona buyurtma bergan.

Avstraliya, Kanada, Daniya, Italiya, Gollandiya, Norvegiya, Angliya va Germaniya bu loyihaning hamkorlari hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #xabar , #Turkiya

Aloqador xabarlar