Matbuot sharhlari 20.10.2016

Turk jangovot samolyotlari PYD/YPG makonlarini bombaladi.

593464
Matbuot sharhlari 20.10.2016

HURRİYAT "Turkiyaning jangovor samolyotlari PYD/YPG makonlarini bombaladi"

Turkiyaning jangovor samolyotlari Halabning shimolida, terror tashkiloti PKKning davomi bo'lgan PYD/YPGga oid joylarni bombaladi. Turk Qurolli Kuchlari, havo operatsiyasida 160 bilan 200 orasida PYD/PKK a'zosini ta'sirsiz holga keltirganini bildidi. Zirhlangan vosita, qarorgoh va bosh pana joylari ham bo'liB 18 nuqta bombalandi.

SABAH: "Yangi xavfsizlik yo'li" 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Prezidentlik Kulliyasida o'tkazgan 28. Kamitetlar yig'ilishida so'zlagan nutqida, Turkiyaning yangi xavfsizlik tushunchasini ma'lum qildi. Erdo'g'an, "Turkiya endi muammolarni oldindan belgilab bartaraf qiladi. Musul masalasini Musulda hel etamiz. Suriyada esa Dabikdan El Babga o'tamiz" deb ifoda etdi.

VATAN: "Bashikaga uyushtirilgan hujum Anqaraga uyushtirilgan hujumdir" 

Bosh vazir o'rinbosari Numan Kurtulmush, Turkiyaning Iroqning Musul shahri yaqinidagi Bashika bazasiga hujum uyushtirilgan taqdirda javob bershini bildirib, "Bashikada bir hujum bo'lsa bu hujumning Anqaraga uyushtirishidan farqi bo'lmaydi. U yerni paymol qilinishiga ruxsat bermaymiz" dedi. Musul bilan bir qatorda Kerkukdagi etnik o'zgarishni Turkiyaning qabul qilmasligini ifoda etgan Kurtulmush, bu ikki shaharning Turkiya uchun muhim bo'lganiga diqat qaratdi.

YENI SHAFAK: "Shvetsiyadan ijobiy kirishuv" 

Hududda geopolitik yong'in avjiga ko'tarilgan bir davrda Turkiya, yangi sarmoyadorlarni jalb qilgani kabi, mavjud sarmoya miqdori ham ortib bormoqda. Yevropa Ittifoqining (YI) sassiz va sovuq o'lkasi Shvetsiya Turk iqtisodiyoti haqida ijobiy mulohaza bildirdi. 400 ga yaqin marka bilan Turkiyada faoliyat olib borgan Shvetsiyalik shirkatlar, Shvetsiya tijorat va Sarmoya Markazi Businnes Sweden tomonidan tayyorlangan 'Turkiyada Ish Muhiti Tadqiqoti' bilan Turk iqtisodiyotiga bo'lgan ishonchni bildirdi.

XABAR TURK: "Beshiktash Napolini o'tdi" 

Beshiktash, Yevropada 18 matchdan beri mag'lubiyat yuzi ko'rmagan Napolini o'tdi. Doston yozgan Beshiktash, Turkiyani xursand qildi. Chempionlar ligasidada Beshiktash, qarshi maydonda Napolini 3-2 mag'lubiyatga uchratdi. 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar