Matbuot sharhlari 26.07.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

537840
Matbuot sharhlari 26.07.2016

Hurriyat gazetasi, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an kecha Bosh vazir Binali Yildirim, Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’lu va Milliyatchi Harakat partiyasi rahbari Devlet Bahcheli ishtirokida yig’ilish o’tkazganini yozdi.

Gazetaning yozishicha, 2 soat 40 daqiqa davom etgan yig’ilishda davlat kelajagini yaqindan qiziqtirgan katta muammolar oldida bir yoqadan bosh chiqarib, faol siyosiy hamkorlikni yo’lga qo’yish to’g’risida kelishib olindi.

Xabar turk gazetasi xabar berishicha, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Xabarturk telekanalining jonli efiriga tashrif buyurib,  mamlakatda 15 iyulda sodir bo’lgan davlatni to’ntarish tashabbusiga doir mulohazalarini tilga oldi.

Mevlud Chavushog’lu jonli efirda Turkiyadagi harbiy to’ntaruv tashabbusida Fetullah Gulen harakati va Parallel davlat tuzilishining (FETO/PDY) qo’li borligiga shubha yo’qligini ma’lum qildi.

U Amerikada yashagan Fetullah Gulenning boshqa davlatga qochish ehtimoliga qarshi Amerika rasmiylarini ogohlantirganini ham ta’kidlab o’tdi.

Sabah gazetasi, “Turkiya 7 yoshdan to 70 yoshgacha demokratiya uchun maydonlarda” sarlavhasi bilan bergan xabarda ta’kidlanishicha, Turkiyada harbiy to’ntaruv tashabbusiga ham mana 10 kun to’lar ekan, xalq maydonlarni tark etmayotir.

Sharq, g’arb, shimol va janubda yuz minglab aholi maydonlarda to’planib, demokratiya uchun hayqirmoqda. Xatto, 100 yoshdagi keksalar, quchog’ida chaqalog’i bilan kelgan onalar ham vatan himoyasiga tayyor ekanini hayqirmoqda va bir yoqadan bosh chiqarishga so’z bermoqda.

Star gazetasi, “Turk Qurolli Kuchlarining xoinlardan tozalanishi Turkiyani kuchlantiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, prezidentlik kotibi Ibrahim Kalinning “Nyu York Times” gazetasiga “Harbiy to’ntaruv tashabbuskori qilmishiga javob berishi kerak” mavzuidagi maqolasi chop etildi.

Maqolada Turk Qurolli Kuchlarini xoinlardan tozalash Turkiyani yana ham kuchlantirishi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #sharh , #gazeta , #xabar

Aloqador xabarlar