Matbuot Sharhlari 02.06.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

502780
Matbuot Sharhlari 02.06.2016

Star gazetasi: “Vizasiz rejim evaziga PKK terror tashkilotini qutqarishga harakat qilgan Olmoniyaning rejasi buzildi”. Vizasiz rejim masalasini hal qilish jarayonida, terror qonuni orqali PKK terror tashkilotini qutqarishga harakat qilgan Olmoniyaning rejasi buzildi. Bu gal esa, Birinchi jahon urushi yillarida, Usmonli imperiyasi tomonidan armanlarning qirg’in qilinganligi to’g’risidagi iddio doirasida “genotsid qaror loyihasi” kun tartibiga olib chiqildi. Bu haqida Olmonlar, ommaviy axborot vositalari orqali “bu qonun loyihasiga qarshi turklar o’z elchilarini chaqirib olish bilangina yetinadi” deya fikr bildirmoqdalar. Lekin mutaxassislarning aytishicha Turkiya, bu qonunga qarshi nafaqat Olmoniya-Turkiya munosabatlariga balki, Yevropa ittifoqi muzokarasiga ham nuqta qo’yishi mumkin.  

Sabah gazetasi: "AQSh-da ishlab chiqarilgan qurol-yaroqlar Turkiyaning Mardin viloyati, Nusaybin tumanidan chiqmoqda”. Turkiyaning Mardin viloyati, Nusaybin tumanida qariyb 100 nafar PKK terror tashkiloti a’zosi Turk qurolli kuchlariga taslim bo’lar ekan ortidan, terroristlarning tashqi munosabatlari ham ma’lum bola boshladi. Tinch aholining uy-joylariga o’t qo’yib qochishga harakat qilgan PKK terror tashkiloti a’zolarining Nusaybindagi inlaridan AQSh-da ishlab chiqarilgan “Antitank” raketasi chiqdi. Bu orqali PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG-ni ziyorat qilgan AQSh qurol-yaroqlarining PKK-ga yuborilganligi aniqlandi.   

Yeni Shafak gazetasi: “Turkiya, barcha Afrika davlatlariga ko’tarinki ruh baxsh etadi”.  Uganda Prezidenti Yoveri Museveni, Turkiyaning liderligi nafaqat Uganda uchun balki barcha Afrika davlatlari uchun ko’tarinki ruh baxsh etishini aytdi. Turkiyaning yaqin tarixga qadar o’z kuchini ko’rsatolmaganligini ta’kidlagan Museveni “Yangi lideri orqali Turkiya oxirgi 10 yil ichida jiddiy yangiliklarga imzo chekdi. Bundan buyon Turkiya, butun dunyoda, rivojlanish kuchiga aylandi” dedi.   

Hurriyet gazetasi: “Turk pudratchilarining muvaffaqiyati”. Turk pudratchi firmalaridan biri Limak Inshaat, 4. 3 milliard dollarlik taklif bilan Quvayt xalqaro aeroportining yangi terminal binosini qurish tenderini yutib oldi. Shartnoma, turk, pudratchi tarmog’ining chet elda qalamga olingan yakkayu-yagona, eng yirik xizmat deya ro’yhatlarga olindi. Bir yilda qariyb 5 ming kishini ishga qabul qiladigan loyihaning 6 yildan oldin tamomlanishi rejalashtirilmoqda. Quriladigan terminal binosi jami kengligi, 25 million yo’lovchini o’z ichiga oladigan darajada bo’ladi. Terminal, 51 ta darvozasi bilan har qanday sharoitda uchoq sohasiga xizmat beradi.

Vatan gazetasi: “Turkiya nima uchun pozitiv?” Markazi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan Amerika banki Morgan Stanley tomonidan chop etilgan Turkiya hisobatiga ko’ra, chet ellik investorlarning Turkiyaga bo’lgan ko’z qarashi judayam ijobiydir. Hisobotga ko’ra, Turkiya boshqa davlatlar bilan qiyoslanganida makro ko'rsatkichlar jihatidan yana-da yaxshi xizmat bermoqda. Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshekning o’z vazifasini davom ettirishi, valyuta va moliya siyosatining yaqin kunlarda o’zgarmasligidan dalolad bermoqda. Mahalliy investorlarning ba’zan turk iqtisodiyotidagi say-harakatlari muvozanatli bo’lmoqda. Siyosiy barqarorlik ham ishonch bermoqda.



Aloqador xabarlar