Matbuot sharhlari 23.05.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

496159
Matbuot sharhlari 23.05.2016

    

Sabah gazetasi, Turkiya prezidenti R.T.Erdog’anning maqolasini bosh sahifada chop etdi.

Dunyoda yuzaga kelgan ko’plab muammoning asosida moddiy imkoniyatlarning yetishmovchiligi emas, balki mexr-shafqatning yo’qligi yotganini bildirgan Erdog’an, shu sababli global vijdonni tiklash zarurligini aytib o’tgan.

Erdog’an:“Turkiya tarix mobaynida urushlardan, janglardan, surgun va zo’ravonlikdan qochgan begunoh insonlarga xavfsiz maskan bo’lib keldi. Hozirda Turkiya 5 qit’ada 140dan ziyod davlatga yilda 6.4 milliard dollar gumanitar yordam ko’rsatib, milliy daromadiga nisbatan dunyoning eng mard davlatlaridan biridir”,-dedi.

Xabar turk gazetasi: “Butun dunyoning nigohi Istanbul sammitida” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Istanbul bugun Butunjahon gumanitar sammitiga mezbonlik qilayotganini yozdi.

120 davlatdan taxminan 50 lider ishtirok etgan sammit chog’ida dunyo bo’yicha yordamga muhtoj bo’lgan 130 million insonning dardiga chora izlanadi.

BMT tarixida ilk marta o’tkazilayotgan Butunjahon gumanitar sammitini Turkiya prezidenti R.T.Erdog’an bilan BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon boshqarmoqda.

Star gazetasi: “Turkiyadagi salomatlik sistemasi Amerikada yo’q” sarlavhasi bilan bergan xabarda, 2015 yili Nobel Kimyo mukofotiga sazovor bo’lgan turk professor Aziz Sanjar Turkiyadagi salomatlik sistemasi ko’pgina davlatlardan oldinda ekanini tilga olganini yozdi.

Aziz Sanjar: “Turkiyada davolanish arzon va sifatli hamda tezkor amalga oshiriladi. Turkiyadagi tezkor, sifatli va arzon salomatlik xizmati Amerikada yo’q. U yerda salomatlik xizmati va dori-darmon juda qimmat. Eng badavlat davlat Amerikada bu sistemaning yo’qligi achinarli holat va ular buni tan oladilar”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #sharh , #matbuot

Aloqador xabarlar