Matbuot sharhlari 17.05.2016

Qirim tatar xonanda Jamala Prezident Erdo'g'anga minnatdorchilik bildirdi.

492576
Matbuot sharhlari 17.05.2016

Xabar Turk gazetasi, “Turkiyada konsert bermoqchiman” deb yozmoqda. Zo’rg’a ko’chirilgan qirim tatarlarining hikoyasini tushuntirgan “1944” nomli asari bilan Eurovision Qo’shiq Tanlovida g’olib bo’lgan Tatar asilli Ukrainali Jamala, xabar turk gazetasiga bergan bayonotida, Prezident Rajab Tayib Erdo’g’anning qo’ng’iroq qilganini va o’zini tabrik etib Turkiyaga taklif qilganini izohladi. Ilk fursatta Turkiyaga kelib Prezident Erdog’anni ziyorat qilishini bildirgan Jamala, “Turkiyada konsert bermoqchiman. Ularning hikoyasini tushuntirishdan xursanman” dedi.

Yeni Shafak gazetasi, “DEASHga qarshi jang qilishi uchun vujudga keltirilgan armiya AQShning PYD mavzusiga taqalib qoldi” deb yozmoqda. Suriyada terror tashkiloti DEASHga qarshi jang qilish uchun vujudga kelgan armiya Amerika Qo’shma Shtatining terror tashkiloti PKKning Suriyadagi davomi PYD mavzusidan chiqamadi. Halabning shimolida DEASHga qarshi kurash olib boradigan armiyada PYDning ham joy olishi to’sqinlik yaratti. Halabning shimolida DEASHga qarshi kurashish uchun 30 ming kishilik ‘Shimoliy Armiya’  tuzdi. Esad qo’shinidan bir generalning qo’mondonligida vujudga keltirilgan qo’shinga 20 dan ziyod qurolli guruh dastak berdi.

Vatan gazetasi, “THY jumbog’ni yechdi” deb yozmoqda. AQShning gavjum aeraportlaridan biri sifatida bilingan Atlanta ham, Turk Havo Yo’llarining safarlar uyushtirgan tarmog’i orasida. THY, dunyodagi eng gavjum aeraportlaridan biri sifatida qabul qilingan Atlanta Hartsfield Jackson Xalqaro Aeraortiga Istanbul aeraportidan to’g’ridan havo safari boshlatildi. Dunyoda eng ko’p o’lkaga safar uyushtirgan global havo yo’li bo’lgan THY,  Istanbuldan 100 dan ko’p o’lkada tahminan 300 nuqtaga safar uyushtirmoqda.

Star gazetasi, “Turizmda Eron bilan mushtarak tanituv rejasi” deb yozmoqda. Ambargolardan qurtulgan Eron bilan iqtisodiy sohada hamkorlik ortmoqda. Madaniyat va Turizm Vaziri Mahir Unal, sarmoyadorlar bilan Eron yig’ilishini baholadi. Eronda turizm sohasida poydevor qurish va o’zaro hamkorlik mavzusida ahamiyatini ifoda etgan Unal, Eron bilan birga mushtarak tanituv faoliyatlari olib borishlarini bildirdi. Bundan oldin Yunoniston bilan bir loyihani hayotga tatbiq etganliklarini ifoda etgan Unal, Mardin, Van, Shonliurfa va Tehron bilan mushtarak tanituv faoliyatlari olib borishlarini bildirib, “Turistlar keng maydonlarda harakat qilishi kerak” dedi.

Sabah gazetasi, “G’azo Festivalida 66 film namoyish etildi” deb yozmoqda. Dunyo, Fransiyaning janubidagi Cannes Film Festivalini baholar ekan, Isroil qurshovida bo’lgan G’azoda ham bir film festivali o’tkazildi. Payshanba kuni boshlagan G’azo Inson Haqlari Film Festivalining ikkinchisi 5 kunlik ko’rsatuvdan keyin nihoyasiga yetti. 12 badiiy film, 17 hujjatli film, 30 qisqa film bilan 7 multfilm namoyish etilgan festivlaning shiosi esa “Nafas olishni istayman” bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar