Matbuot Sharhlari 05.05.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar ko'rsatuvi.

485020
Matbuot Sharhlari 05.05.2016

Sabah gazetasi: “Turk fuqarolari uchun Yevropaga qaratilgan vizasiz rejim davri boshlay deb qoldi”. Yevropa ittifoqi komissiyasi, Turk fuqarolariga qaratilgan vizasiz rejim davrining eng kech iyun oyi oxirida kuchga kirishini ta’minlovchi tavsiya qarorini qabul qildi. Turkiyaning, vizasiz rejim uchun 72 moddadan iborat shartning 67 moddasining amalga oshirilganligi ta’kidlangan bu tavsiya qarori, tasdiqlanishi uchun Yevropa parlamenti bilan Yevropa ittifoqi kengashiga taqdim etiladi. Bu bo’sqichlar ortidan Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarga vizasiz kirish davri boshlaydi. Turk fuqarolari Yevropa ittifoqiga a’zo 26 davlat va 3 ta shahar davlatda 90 kunga qadar vizasiz sayohat qilishi mumkin. Yevropa ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi Volkan Bozkir, 72 moddalik shart ro’yhatida o’rin olgan Terrorga qarshi kurash qonunidagi o’zgarishning amalga oshirilmasligini bildirdi. Janob Bozkir, bunday o’zgarish siyosat jihatidan ham, vijdon jihatidan ham imkonsizdir” dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “PKK ham DEAShdan qolishmaydi. Ikkala tashkilot ham jinoyatchidir”. Turkiya, DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan kurash doirasida Suriyaning qonuniy muxolifati o’rniga PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD terror tashkiloti bilan aloqa tuzgan davlatlarga qarshi diplomatik harakat boshlatdi. Turkiya, bu borada PYD va DEASh terror tashkilotining “o’xshash harakati”ni kun yuzasiga olib chiqadi. Anqara, AQSh bilan Yevropaga, shuningdek musulmon davlatlarga quyidagi misollarni keltiradi: “1-Ham PYD ham DEASh, muxoliflar jasadini yuk tashuvchi mashinalarga yuklab aylantirib yuripdi. 2-Ikkala tashkilot ham jonli bombalar bilan tinch aholining umriga zomin bo’lmoqda. Undan tashqari bomba yuklangan mashinalar orqali hujum uyushtirmoqda. 3-DEASh, Kilisga raketa o’qi otmoqda. Huddi mana shu qurollar Turkiyaning janubi-sharq mintaqasidagi PKK tomonidan ham foydalanilmoqda.

Vatan gazetasi: “Isroilning NATO ofisi 6 yildan so’ng tasdiqlandi”. Anqara, Isroilga bir yaxshilik qildi. Yani Anqara, Isroilning NATOning Bryusseldagi markazida vakolatxona ochishiga ruxsat berdi. Isroilning u yerda vakolatxona ochish taklifi 2010-yili 9 nafar Turk fuqarosi jon bergan Moviy Marmara hujmi ortidan Anqara qo’ygan veto tufayli keyingiga qoldirilgan edi. Shu bilan birga Isroil bilan Turkiya, munosabatlarning yaxshilanishi maqsadida bu oyning o’rtalarida yana bir bor uchrashuv o’tkazadi.

Milliyet gazetasi: “TANAPda sher ulushi turk pudratchilarga nasib qildi”. Ozarbayjon tabiiy gazini Yevropaga olib o’tilishini ta’minlaguvchi TANAP Bosh direktori Duzyol, “Loyiha hammadan ham turk pudratchilari bilan quvir ishlab chiqargan firmalarga foyda olib keldi. Chunki loyiha xizmatining 80 foizini turklar oldi” dedi.

Haberturk gazetasi: “Uch o’lchamli mozaika”. Turkiyaning Hatay viloyatidagi kabel tramvay qurilishi chog’ida skelet mozaika ortidan bu gal qariyb 2 ming yillik tarixga ega mozaikalar topilganligi ma’lum bo’ldi. Ustiga ustak bu mozaikalar 3 o’lchamli bo’lib, ba’zilari yuzasida mozaikani yaratgan ustaning imzosi ham o’rin olgan. Masalan 1800 yillik bir mozaikada, mifologiyadagi doston va she’rning parisi hisoblangan Kalliope va Hesiodos tasvirga tushirilgan.


Tanlangan kalimalar: #vizasiz rejim , #Isroil , #NATO , #TANAP , #mozaika

Aloqador xabarlar