Matbuot sharhlari 26.04.2016

Terrrorni dastaklash ifoda erkinligiga kirmaydi.

478412
Matbuot sharhlari 26.04.2016

Star gazetasi, "Terrorni dastaklash erkinlik emas" deb yozmoqda. Konstitutsiya Mahkamasi Rahbari Zuhru Arslan, terror va shiddatga chorlagan so'zlarning erkinlik bo'lmaganini izohladi. Terror bilan ifoda erkinligiga to'xtalib o'tgan Arslan, 'Ifoda erkinligi demokratiyada yiquvchi savollarni ham muhokama qilish va yechim yo'llarini mudofaa etish imkoni beradi. Buning sharti esa terrorni, shiddatni rad etishdir. Terror va shiddatga chorlagan ifodalar, ifoda erkinligini muhofaza etish emas. Chunki terror va shiddat boshlagan joyda so'zning hukmi qolmaydi" deb mulohaza bildirdi.

Yeni Shafak gazetasi, "Afrika Tukiyaga minnatdoqchilik bildirdi" deb yozmoqda. Afrikali ko'chmanchilar, Turk bayroqlari va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayib Erdo'g'anga minnatdorchilik izhor etgan plakatlar bilan Janubiy Afrika Jumhuriyatining Cape Town shahrida uchrashdi. Ko'chmanchilar, Turkiya va Erdo'g'anning mazlumlarni yolg'iz tashlab qo'ymaganini, Musulmon davlatlar uchun bir namuna bo'lganini ifoda etdi. Marokashli olim Mustafo Saidi ham Islom dunyosining bir lider izlaganini, Erdo'g'anning xayirsevarlik va liderlik uchun mukammal bir rahnamo bo'lganini izohladi.

Sabah gazetasi, "Erdo'g'anning xonasi serial uchun ajratildi" deb yozmoqda. Antaliyada o'tkazilgan G20 yig'ilishi turizm sektorini jonlantirmoqda. Prezident Rajab Rayib Erdo'g'anning G20 yig'ilishlari paytida qolgan Antaliyadagi villa, asosan Yaqin Sharqli kino ishlab chiqaruvchilar, uch haftadan beri 70 kishilik guruh bilan qolgan mehmonxonada 3 oy bo'yicha serial tasfirga oladi. Marokash, Saudiya  Arabiston, Iordaniya, Livan va Dubaidan tashrif etgan film ishlab chiqaruvchilar, Erdog'an qolgan xonada serial tasfirga olish uchun navbatga kirdi. Antaliyada  Arab turistlar ham oldindan joy ajratishga urinmoqda. 

Hurriyat gazetasi, "Istanbulda bahor rallisi" deb yozmoqda. Istanbul Park, 'Klassik avtomobil Bahor Rallisi 2016'ga mezbonlik qildi. 23 Aprel shanba kuni deyarli 100 ga yaqin klassik avtomobil bilan boshlagan ralli, Istanbul va atrofida tahminan 220 kilometrlik maydonda 6 maxsus bosqichda o'tkazildi. Izmirgacha borgan ralli, Yakshanba kuni Istanbul Parkda yakunlandi. Nafis ko'ringan klassik avtomobil rallisi, ishtirokchilarni o'tmishga olib bordi.

Vatan gazetasi, "Nobel mukofoti sovrini Turk olim bolalar bilan uchrashdi" deb yozmoqda. Nobel bilim sovrindori  Aziz Sanjar, Barcha Iqtidorlilar Tashkilotining vakillariga, 'Ustun Zakolilar Kuni' tufayli 22 May Istanbul Yildiz Texnik Universitetida bo'ladigan simpoziumda dohi va iqtidorli bolalar uchrashadi. Sanjar, 'Iqtidorli Motivatsiya' mavzuli bir yig'ilish o'tkazadi. Biyoqimyo va Biyofizika sohasida professor bo'lgan Sanjar, o'qituvchilar va ota-onalariga ham muhim maslahatlar berdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar