Matbuot sharhlari 18.04.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

473267
Matbuot sharhlari 18.04.2016


Star gazetasi, “Majlisda nozik davr boshlandi" sarlavhasi bilan bergan xabarda, bu hafta Turkiya Oliy majlisida deputatlarning daxlsizlik huquqini bekor qilishga doir hujjatlar ko'zdan kechirilishini yozdi.

Deputatlarning daxlsizlik huquqini bekor qilishga doir hujjatlar davlat huquq organlariga jo'natilib, deputatlarning qonun oldida javob berishini taqazo qiladigan Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish taklifi, bu hafta Turkiya Oliy majlisi Konstitutsiya komissiyasida muhokama qilinadi.

Taklif kelgusi hafta umumiy kengashda ham muhokama qilinishi rejalanmoqda. Taklif matnida Ak partiyaning 316 deputatining imzosi o'rin olgan.

Xabar turk gazetasi, 32 yoshdagi turk olim Janan Dag'devirenga dunyo bo'yicha tanilgan “Massachusetts" Texnologiya institutidan professorlik taklifi kelganini yozdi.

Murojaat qilmaganiga qaramasdan, kelgan bu taklifni qabul qilgan turk olim Dag'deviren, yanvar oyida ushbu yangi unvoni bilan xizmatni davom ettirishini ma'lum qildi.


Harvard universiteti Yosh akademiklar uyushmasiga a'zo bo'lgan turk olim Dag'deviren MIT Technology Review jurnalining o'tgan yilgi “35 yoshdan kichik 35 olim" va Forbes jurnalining “30 yoshdan kichik 30 olim" ro'yxatlarida nomi zikr etilgan.

Sabah gazetasi Usmoniy va Respublika davriga oid nodir asarlar Istanbulda o'tkazilgan kimoshdi savdosida sotuvga chiqarilganini yozdi.

Kimoshdi savdosiga mahalliy va xorijlik ko'plab tarixiy asar ishqibozlari qatnashdi.

Kimoshdi savdosida To'pkapi saroyi uchun maxsus yasalgan ashyolar katta qiziqish uyg'otar ekan, qo'l yozma Qur'on kitobi 180 ming turk lirasiga sotilib, eng qimmat narxga sotilgan asar bo'lib hisoblandi.

Kimoshdi savdosida Usmoniy podsholaridan 2-Mahmudning farmoni 12 ming liraga sotildi, Sulton 3-Mustafoning farmoni esa, 5 ming liraga sotildi.

Hurriyat gazetasi, bugun TEB BNP Paribas Istanbul Cup Xalqaro ayollar tennis turniri boshlanganini yozdi.

Slovak tennischi Anna Karolina Schmiedlova turnirning 1-o'rinli ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.

Turk tennischilar ham qatnashayotgan turnir 24 aprel yakshanba kuni bo'lib o'tadigan final musobaqalari bilan o'z nihoyasiga yetadi.

TEB BNP Paribas Istanbul Open erkaklar tennis turniri esa 25 aprel kuni boshlanib, 1 may yakshanba kuni yakunlanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #sharh , #matbuot

Aloqador xabarlar