Matbuot Sharhlari 08.04.2016

bUGUNGİ TURK MATBUOTİDAN OLİNGAN MUHİM YANGİLİKLAR TO'PLAMİ.

467229
Matbuot Sharhlari 08.04.2016

Hurriyet gazetasi: “Mustaqil Suriya qo'shini, DEASh bosib olgan Chobanbey sharchasini qaytarib oldi". Turkiyaning qo'llab-quvvatlashi bilan Mustaqil Suriya va Fatih qo'shinlari Suriyada, DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Chobanbey shaharchasini qaytarib oldi. Turkiyaning Kilis viloyati, Elbeyli tumanining tog'risida joylashgan Chobanbey, Turkiyaning PKK terror tashkilotining Suriya qanoti PYDning kirishini xohlamagan Aziz-Jarablus liniyasi ichida o'rin olganligi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. AQSh, nomi tilga olingan liniyadan DEAShning chiqib ketishini talab qilar ekan, Turkiya esa DEAShning o'rniga Turkiya qo'llab-quvvatlagan arab va turkman qabilalari doxil bo'lgan muxolif guruhlarning olinishini xohlayotgan edi.

Yeni Shafak gazetasi: “47 nafar onaning g'amgin ovozi". Uch yildan beri Bashar al-Asad rejimi kuchlari qo'l ostidagi Suriyaning Deraya shahridagi 47 nafar ayol, qalamga olgan ochiq maktubida, “yaqin kunlarda bizga yordam qo'li uzatilmagudek bo'lsa unda biz o'z farzandlarimiz va yaqinlarimizning ochlikdan o'lishlariga guvoh bo'lishimiz mumkin" deya jamiyatni ogohlantirdi. Maktub, “Uzoq-yaqin, maktubni ko'rgan barchadan iltimos, tezlik bilan yordamga ehtiyojimiz bordir" deya davom etmoqda. Ayollar bu maktubda dardini anglatishga harakat qilar ekan, bir necha kilometr uzoqlikda yani Shomda o'rin olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yordam ofisini tomosha qilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar guruhi, uch oy ichida yordam ashyosi yetkazilgan mintaqani "bosib olingan" deya hisoblamayapdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar guruhi esa, bosib olingan nuqtani yashirishda ayblanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko'ra, Shomda, 393 ming kishi qamal ostida. Qamalni kuzatish uyushmasi ma'lumotiga ko'ra esa qamal ostidagi kishilar soni 1 milliondan ortiq.

Star gazetasi: “Dunyoning eng yirik investorlari Turkiyani tanladi". Turkiya chet ellik investorlarning e'tiborini o'ziga qaratishni davom ettirmoqda. Turkiyaga investitsiya qilgan firmalar ro'yhatida Toyota, kanadalik Bombardier, Mercedes-Benz, koreyalik Hyundai kabi avtomobil firmalari o'rin olar ekan, Germaniyaning HOMES firmasi Turkiyaning ko'chmasmulk sektoriga 200 million yevrolik investitsiya qilajagini va Ko'rfaz davlatlarning eng yirik investorlaridan Qatar markazli Retaj Groupda 700 million dollarlik investitsiya qilishni rejalashtirganligini e'lon qildi.

Haber Turk gazetasi: "Turk olimlari Antarktidada". Muzliklar bilan qoplangan Antarkti qit'asida ilmiy tadqiqot ishlari olib boradigan Turkiya oliygohlarining ba'zi olimlari Angentinadan yo'lga chiqib, tunov kuni qit'aga qadam bosdi. Turk olimlar guruhi, mintaqada Ukrainaga oid “Vernadsky tadqiqot stansiyasi"da ukrainalik olimlar bilan 15 kun davomida mushtarak ish olib boradilar. Stansiyada, Ukraina bayrog'i bilan birga Turkiya bayrog'i ham hilpiraydi.

Vatan gazetasi: “Shaharni qayta tiklash loyihasi orqali shaharlar yangilanadi". Istanbulda uyushtirilgan eng marka shaharlarning Turkiya iqtisodiyotiga qo'shgan hissasini orttirish maqsadida bu yil tarixda birinchi marotaba uyushtirilgan Marka shaharlar sammitida Istanbul, "Turkiyaning eng muhim marka shahri" deb topildi. Shaharlarning markalashishiga hissa qo'shgan firmalar ishtirok etgan sammitda, shaharlarning Turkiyada marka salohiyati bo'lgan shaharlar va amalga oshirilishi kerak bo'lgan faoliyatlar muhokama qilindi. Ushbu sammitda, Anadolu shaharlari salohiyatiga e'tibor qaratildi. Undan tashqari, shaharlarni qayta tiklash jarayonining yangi marka shaharlar yaratishi ifodalandi.



Aloqador xabarlar