Matbuot sharhlari 06.04.2016

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu "Turkiyaning oldida to'sqinik qilmoqchi bo'lganlar, maqsadiga muvaffaq bo'la olmaydi" dedi.

465732
Matbuot sharhlari 06.04.2016

Sabah gazetasi, "Bosh pana va bir farzand uchun kelajak umidi" deb yozmoqda. Davlat Nizomi va Xavfsizlik Maslahatchisi sharq va janubiy sharqda davomli o'tkazilgan ommaviy yo'qlovlarda muhim natijalar chiqganini ma'lum qildi. Yillardan beri yashagan mahallalarida ajal chuqurlari qozish, bomba joylashtirish, Kurt asilli insonlarning ham joniga tegdi. Terror tashkilotining bosimidan bezgan mahalliy xalq birinchi navbatda, bosh pana, salomatlik, xavfsizlik va ish imkoniyatiga ahamiyat bermoqda.

Xabar Turk gazetasi, "Taranglik va janjal chiqarishni istaganlar orzusiga yetmaydi" deb yozmoqda. Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, inflatisyaning so'ngi 7 oyning eng quyu saviyasiga kelganini bildirib "Millatimizga imkon bergan sari iqtisodiyotimiz rivjlanmoqda" dedi. Davutog'lu, inflatsiyaning tushishi bilan foizlarning ham pasayishini izohladi. 2016 yil har jihatdan bo'lgani kabi iqtisodiy jihatdan ham barakatli bo'lishini ifoda etgan Davutog'lu, taranglik va janjal kutganlarning umidining puchga chiqishini, Turkiyaning rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqchi bo'lganlarning maqsadiga muvaffaq bo'la olmasligini izohladi.

Yeni Shafak gazetasi, finans shirkati BCB, Turkiyaga sarmoya kiritishdan mamnun. Turkiya Finans Boshqaruv Rahbari va NCB CEOsi Said Muhammad A. Alghamdi, Turkiya iqtisodiyoti va bankachilik sektorining kuchli tuzilishi va rivojlanish kuchining sarmoya kiritishga jalb qilganini bildirib, "Turkiya finasining o'rta o'lchovli banklar orasida yuqoriga chiqishi uchun eng yirik sherik bo'lishga davom etamiz" deb so'zladi.

Hurriyat gazetasi, "NASAdan minnatdorchilik" deb yozmoqda. Amerikan Milliy Havochilik va Fazo Bo'limi 5 ming xodimi orasida bo'lgan 4 nafar Turkdan biri bo'lgan astrofizikchi Umut Yildiz, NASAni tanqid qilgan O'rmon va Suv Ishlari Vaziri Veysel Erdog'luga qurg'ochilik xabarlarini kun tartibiga keltirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bayonotda, Vazirning so'zlarining qurg'ochilik tahminlarining su'nti yo'ldosh faoliyatlarini qamramaganiga diqqat qaratdi.

Vatan gazetasi, "Dengizga borish mavsumi boshlandi" deb yozmoqda. Turkiyada yoz havosi esmoqda. Havo harotatining ko'tarilishi bilan, hafta oxirigacha yuksaladigan va 6-12 daraja ko'tariladigan havo harorati. Turizm markazlaridan Antaliyada hozirgi kundanoq to'lib toshmoqda. Turizmchilar, sektorni jonlantirish uchun davlatda ishlaganlarga 30 % narxlarni pasaytirishni rejalamoqda. Adana esa joriy yil to'rtinchisi o'tkaziladigan 'Xalqaro Apelsinguli Festivaliga" tayyorlanmoqda. Gavjum ishtirokchilar bo'lishi kutilgan festivla, 7-Aprel kuni boshlanadi.





Aloqador xabarlar