Matbuot Sharhlari 08.03.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

446605
Matbuot Sharhlari 08.03.2016

Hurriyet gazetasi: Turkiya Yevropa ittifoqiga 6 ta shart qo'ydi. Turkiya Yevropa ittifoqi qarshisiga muhojirlar inqirozini hal qilish uchun yangi takliflar bilan chiqdi. Turkiyaning yangi takliflari quyidagicha; 1-Turk fuqarolarining Yevropa davlatlariga vizasiz kirish qonuni iyun oyiga olinsin. 2-Turkiyaga Yevropa ittifoqi tomonidan beriladigan 3 milliard yevroga yana 3 milliard yevro ilova etilsin. 3-Turkiyaning Yevropa ittifoqidan qabul qilajagi har bir qochqin uchun Yevropa ittifoqi ham Turkiyadan bir nafar muhojir qabul qilsin. 4-Turkiyaning Yevropa ittifoqi a'zoligi jarayonida yangi mavzular ochilsin. 5-Qayta qabul jarayonining xarajatlari Yevropa ittifoqi tomonidan to'lansin. 6-Gretsiya orollari muhojirlardan batamom tozalansin.

Haberturk gazetasi: Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash maqsadida Prezident Erdog'an ayolar huquqiga Turkiyaga xos yangi model kiritishni taklif qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, “Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini G'arbdagi formatda himoya qilishga majbur emasmiz" dedi. Turkiyaga xos yangi model o'ylab topilishi kerakligini ta'kidlagan Erdog'an, “Oz tarixi va madaniy boyligimiz asosida ayolning eng avvalo bir inson ekanligini ta'kidlaguvchi shaxdam qadamlarni birgalikda tashlashimiz mumkin" dedi. Aslida G'arb davlatlarida xotin-qizlar huquqini himoya qilguvchilarning yo'qligini ta'lidlagan Janob Erdog'an, “Agar bo'lganida edi Suriyada, yuzlab ayollar bilan yosh bolalarning o'limiga g'arbliklar jimgina qarab turmagan bo'lar edi" dedi.

Star gazetasi: Butun dunyo unga u esa, turk ayollariga havaz qiladi. Eronlik ishbilarmon ayol Anousheh Ansarining barcha xotin-qizlar havas qiladigan ajoyib chiroyli hayoti mavjud. Chunki Ansari, kosmosga chiqqan birinchi sayyoh olaroq tarix sahifalaridan o'rin oldi. Shuningdek 40 yoshini NASA xalqaro kosmik stansiyasida nishonladi. Ansari bu muvaffaqiyatiga qaramay turk ayollarining tadbirkorligidan qattiq ta'sirlanganligini aytdi. Turk ayollarining har sohada epchil va harakatchan ekanligini ta'kidlagan eronlik ishbilarmon ayol, “Turk ayollari menga ishonch bermoqda" dedi.

Yeni Shafak gazetasi: Muz tog'ini oshib o'tgan turklar. Istanbul Aydin universiteti o'qituvchisi Ebru Jaymaz va O'zgur Korkmaz, Daniyadagi Grenlandiya muzligini qish mavsumida oshib o'tgan dunyodagi ilk guruh sifatida tarix sahifalaridan o'z o'rnini oldilar. Jaymaz bilan Korkmaz, dunyoning eng shimolida joylashgan va Yer yuzidagi eng yiroq, eng ulkan orol hisoblangan Grenlandiyaga borib, u yerda mahalliy rahbarlar ham amalga oshirolmagan 4 yo'nalishni tamomladi. Shimoliy qutbidagi eng yirik muz bilan qoplangan orolda qish mavsumining o'rtasida muzliklarning qalinligi 3 kilometrni tashkil etadi.

Sabah gazetasi: Italiyaning Laziyo futbol jamoasi turk millatiga mansub murabbiy tomonidan o'ynatilishi mumkin. Turk millatiga mansub murabbiy Ersun Yanalning Italiya futbol jamoasi Lazioga murabbiylik qilishi haqidagi xabarlar, Italiya matbuotida keng o'rin olishni davom ettirmoqda. Ushbu xabarlarga ko'ra tajribali murabbiy Ersun Yanalning yaqin kunlarda Lazio jamoasiga yetakchilik qilishi aytilmoqda. Ersun Yanalning, Lazio xo'jayini Lotito tomonidan maxsus taklif qilinganligi ham aytilgan xabarda shuningdek, klub yetakchilarining Yanal bilan ikki marotaba aloqa qurganligi ham qo'shimchalandi.



Aloqador xabarlar