Matbuot Sharhlari 25.02.2016

Star gazetasi: Rus samolyotlarini Ko'ral adashtirdimi?

438966
Matbuot Sharhlari  25.02.2016

Star gazetasi: Rus samolyotlarini Ko'ral adashtirdimi?

Milliy loyihalar bilan katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritgan ASELSAN, o'tgan kunlarda yangi bir muhandislik mo'jizasi bo'lgan radar adashtiruvchi elektronika sistemasi KORALni Turk qurollari kuchlariga taslim qildi. Testlardan muvaffaqiyat bilan o'tgan KORALni Hatay viloyatiga joylashtirgan kundan beri Rus samolyotlari 4 marotaba yanglish mo'ljallarni urishi aqllarga ba'zi savollarni keltirmoqda. Eng so'ng Suriya va yanglishlik bilan terror tashkiloti YPG lagerlariga hujum qilgan Rus samolyotlari, oldindan ham ittifoqdoshi Asad mo'ljallarini nishon olgan edi.

KORAL, radar, samolyot, raketa va S-400 sistemasini ko'r holga keltirib ta'sirsiz holga keltirgan edi.

Hurriyet gazetasi:" terror tashkiloti PKK, yoshlarni olib qochib jonli bomba holiga keltirmoqda"

Anqarada 29 nafar shahid bo'lgan, harbiy avtobuslarga bombali hujumning bosqinchisi Abdulbaki So'merning otasi Musa So'mer xavfsizlikni saqlash mudirligida bergan ifodasida:

2005- yilida olib qochilgan o'g'ilini topish uchun terror tashkiloti PKK lagerlarini 4 marotaba borib qidirganini aytgan Ota So'mer, lagerdagi terroristlar o'g'ilini o'zidan saqlaganini va ma'lumot bermaganlarini aytdi. Bolalar PKK terroristlari tomonidan olib qochilgan jonli bomba 11 yildir tashkilot lagerlarida edi. PKK lagerlarida terrorist sifatida ta'lim berish uchun olib qochilgan juda ko'p sonda bola yana bor.

Vatan gazetasi “3 tumanda tabiiy gaz topildi"

Sakaryada So'gutlu, Serdivan va Ferizli tumanida 400 va 450 metr chuqurlikda tabiiy gaz topildi.

Mintaqada xavfsizlik uchun chora- tadbir olindi.

Mintaqadagi tabiiy gaz rezervi to'g'risida kelgusi kunlarda ma'lumot beriladi. Gubernator Huseyin Avni Jos, “ keng sohada faoliyatlar davom etmoqda dedi. Topilgan tabiiy gaz rezervi o'lkamiz uchun juda muhim bir energiya manbasi deb mintaqamiz o'lkamizga jiddiy hissa qo'shadi" deb bildirdi.

Sabah gazetasi: “vaktsina eksport qiladi"

Sog'liqni saqlash vaziri Mehmet Muezzino'g'lu, hukumat dori va mahalliy vaktsina ishlab chiqarish uchun bergan himoyalari o'z samarasini bera boshladi deb bildirdi.

Muzezzino'g'lu, “ Difteriya, qoqshol vaktsinalarini ishlab chiqaramiz. Navbatda gepatit A emlashi bor dedi. Kelgusi yil emlash eksport eta oladigan vaziyatga kelamiz" dedi. Vazir Muezzino'g'lu, Turkiya biotexnologiya mahsulotlari bilan 100 milliard dollar bozor potensialga ega dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “ Salih Dursun futbolkasi sotilmoqda."

Super Liganing 22- haftasida Trabzonspor qarshi maydonda Galatasaryga 2-1 hisobi bilan mag'lub bo'ldi. Trabzonsporda O'zer Hurmasji, Aykut Demir, Javanda va Salih Dursunga qizil kart ko'rsatilgan musobaqada Salih Dursun Deniz Atesh Bitnelning yanglish qaroriga norozichilik bildirish uchun qizil kart ko'rsatishi musobaqada oldinga o'tishiga sabab bo'lgan edi.

Trabzonspor, Salih Dursunning hakamga qizil kart ko'rsatgan lahzaning futbolkasi sotishga chiqarildi.

Salih Dursun futbolkasining sotishdan hosil bo'ladigan daromad, yosh hakamlarning chet elda ta'lim olishlari uchun sarflanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuot , #gazetalar

Aloqador xabarlar