Matbuot sharhlari 18.12.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

364682
Matbuot sharhlari 18.12.2015


Star gazetasi, “Turkiyaning Rossiyaga amalga oshirgan eksporti pasaygani yo’q” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bojxona va tijorat vaziri Bulent Tufenkji, “So’ngi eksport raqamlariga ko’ra, 1 dekabrdan 15 dekabrgacha Rossiyaga amalga oshirilgan eksportda pasayish kuzatilmadi”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Matbuot xodimlarining savollariga javob bergan Tufenkji, “Rossiya ba’zi mahsulotlarni cheklashdan voz kechdi va takror ola boshladi. Bu haqdagi fikringiz? degan savolga javoban, “Bu embargolarning asta-sekin bartaraf etislishiga ishonaman”-deya ta’kidladi.
Darvoqe, Rossiya ko’plab mahsulotda bo’lgani kabi poyafzal, kir yuvish va idish yuvish mashinasi, duxovka kabi sanoat mahsulotlarini Turkiyadan sotib olishdan voz kecha olmagan.
Sabah gazetasi, “Isroil bilan aloqalarni yaxshilash uchun 3 ta shart” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya bilan Isroil aloqalarining yaxshilanishi mintaqa tinchligi uchun muhim ekanini tilga olgan Turkiya Energiya vaziri Berat Albayrak, “Isroil Turkiyaning shartlarini bajarmasdan turib, energiya va boshqa mavzularda aloqalarning yaxshilanishidan umidvor bo’lmasin”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Turkiya Isroilga shart sifatida, Moviy Marmara voqeasi uchun uzr so’rashni, bosqinda halok bo’lgan turklarga kompensatsiya to’lashini va G’azo qamalini bekor qilishni talab qildi.
Isroil bu shartlardan faqatgina bir nafarini bajo keltirdi, ya’ni Moviy Marmara voqeasi tufayli Turkiyadan uzr so’radi xalos.
Hurriyat gazetasi, “Uyali telefonda mahalliy marka” sarlavhasi bilan bergan xabarda, global modellar xokimiyat qurgan uyali telefon bozorida bundan buyon mahalliy markalar ham o’zini namoyon qila boshlaganini yozdi.
Valyuta kurslaridagi muvozanatsizlik mahalliy markalarni narx raqobatida oldinga chiqardi.
Bu esa, mahalliy mahsulotlarni bozorda 25% hissador qildi.
2015 yil yakuniga tomon mahalliy uyali telefon ishlab chiqargan shirkatlar soni oshdi. Hozirda 9 ta mahalliy shirkat tomonidan ishlab chiqarilgan tahminan 25 model sotuvga chiqarildi.
Yeni shafak gazetasi, “Turk shirkatlari globallashmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, xorijda asosan energiya va qurilish bo’yicha faoliyatlari bilan diqqatga sazovor bo’lgan turk shirkatlar, global bozordagi investitsiya faoliyatlari bilan tanilganini yozdi.
Kelgusi yil faqatgina ikki turk shirkatining xorijdagi investitsiya va hissadorligining jami qiymati 3 yarim milliard dollardan oshadi.
Turkiya neftlari anonim shirkati 2016 yili xorijga 2 yarim milliard dollar investitsiya kirishni rejalamoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar