Matbuot Sharhlari 16.12.2015

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

410680
Matbuot Sharhlari 16.12.2015

Star gazetasi: “Xalq terror tashkiloti PKKga qarshi qattiq norozichilik bildirdi”.
Diyarbakirda lyuks hayot sharoiti ichida yashagan ba’zi muhitlar, nochor xalqni o’limga ig’vo qilmoqda. Dabdabali binolarda yashagan ushbu muhitning xalqni ko’chaga chiqishlariga qaratilgan yolg’on muomalalariga bu gal xalq ham ishongani yo’q. Diyarbakirda istiqomat qiluvchi va aksariyati kurd fuqarolardan iborat bo’lgan Sur tumanida o’q ovozlari to’xtamas ekan, Yenishehir va Dijlekent kabi boy mintaqalarda hech qanday zovur yo’q. O’q ovozi ham. Oylab topgan betartiblik bilan kambag’al xalqni ig’vo qilgan boy muhitlar, kambag’allik hukm surgan mintaqalardagi investitsiyalarga ham mone’lik qilmoqdalar.

Hurriyet gazetasi: “Terrorga qarshi islom dinining kuchi”.
Dunyoning 34 davlati, Saudiya Arabistoni rahbarligida terrorga qarshi “Islom ittifoqi” degan nom bilan harbiy koalitsiya tashkil etdilar. Ushbu ittifoq ichida Turkiya ham o’rin olar ekan, shia Eronining qo’shilmasligi esa mubohasa qilinmoqda. Markazi Saudiya Arabistonida bo’ladigan harbiy ittifoq, xalqaro tashkilotlar va global ittifoqlar bilan birgalikda ish yuritadilar. AQSh ittifoqning tashkil topishini iliq qabul qilar ekan, Germaniya, “Eron ham ittifoqga qo’shilishi kerak” dedi. Rossiya esa, ittifoqni analiz qilayotganliklarini aytdi.

Yeni Shafak gazetasi: “Neftda, 30 dollar xijolatchiligi”.
Neft narxlarining oxirgi 7 yil ichida arzonlab ketishi, iqtisodiyoti neft daromadiga bog’liq bo’lgan yirik ishlab chiqaruvchi davlatlarda xijolatchilikga yo’l ochdi. Bir barrel xom neft ishlab chiqarish xarajati Rossiyada 40-50 dollardir. Rus iqtisodiyotidagi yo’qotishlar hozirdan boshlab 100 milliard dollarni tashkil etdi. Rossiya 2016 budjetini barrel boshiga 50 dollarlik neft narxiga ko’ra mo’ljallagan edi. Neft narxlarining 30 dollardan ham arzonlab ketishi aytilmoqda. Neft narxlarida yuz bergan bu vaziyat, Turkiyaga foyda olib keldi. Turkiyaning energiya uchun harjagan xarajatlarining 21 milliard dollarga tushishi mumkin.

Yeni Akit gazetasi: “Turk xalqi, Rossiya uchog’ining urib tushirilishini maqullamoqda”.
Britaniyaning mashhur “Populus” nomidagi tadqiqod kompaniyasi tomonidan Rossiyaning “Sputnik” nomidagi xalqaro xabar agentligi va radiosi uchun olib borgan “Sputnik ko’z qarashlari” deb nomlangan tadqiqoti o’z nihoyasiga yetdi. Ushbu tadqiqot natijasiga ko’ra turklarning 71 foizi Rossiya uchog’ining Turkiya tomonidan urub tushirilishini maqullagan. Tadqiqotga ko’ra, Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotiga turklarning 64 foizi qarshi.

Sabah gazetasi: “Gollandiyada, 22 yildan beri Ayasofya jome’ masjidining qurilishi davom etmoqda”.
Gollandiya poytaxti Amsterdamda yashagan turklar, 1993-yildan beri o’zlari yashagan tumanda jome’ masjidi qurmoqdalar. Poytaxtda yashagan qariyb 40 ming nafar Turk fuqarosining 70 foizi istiqomat qiluvchi Kinker mintaqasida qurilayotgan Ayasofya jome’ masjidining 90 foizi tamomlandi. 22 yildan beri Sud zallari va ko’cha-ko’yda olib borilgan kurash ortidan qurilgan Ayasofya, xalq xizmatiga topshiriladi. Ushbu jome’ masjidining ochilish marosimi, jome’ masjidi ichidagi bezaklar tamomlanganidan keyin o’tkaziladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar