Matbuot sharhlari 13.12.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

407882
Matbuot sharhlari 13.12.2015


Yeni akt gazetasi, “Insonparvarlik yordam jamiyati IHH 80 ming yetimga yordam qo’lini uzatdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Insonparvarlik yordam jamiyati dunyo miqyosida yetim bolalarga yordam berganini yozdi.
Hozirgacha 80 ming yetim bolaga yordam qo’lini uzatgan tashkilot bu raqamni 5 millionga chiqarishni maqsad qilmoqda.
Musulmon sifatida dunyodagi butun yetimlarga yordam berish mas’uliyatiga ega ekanini bildirgan tashkilot rahbari Bulent Yildirim amalga oshirilgan faoliyatlar nafaqat tashkilotni, balki butun Turkiyani g’ururlantirganini tilga oldi.
Uning aytishicha, Suriya samolarida 20 davlatning jangovar samolyotlari o’lja qidirmoqda, xatto non pishiradigan korxonalar ham bomba bilan portlatilmoqda.
Suriyada urush davom etganiga e’tibor qaratib, “Suriyalik 12 yashar qizchaga yordam qo’lini uzatdik. Badanining katta qismida chandiq bor. Keyin bilsak uning ichki organlari olingan ekan. Bolani o’z himoyamizga oldik”-dedi.
Star gazetasi, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida yuz bergan muammo tufayli iqtisodiy embargo tadbiq etishini tilga olgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning o’zi qiyin ahvolda qolganini yozdi.
Rossiyada Turkiyaga qarshi shiorlar bosilgan futbolkalarni ishlab chiqarish Turkiyadan import qilingan materiallarning chegarada o’tkazilmagani sababli to’xtab qolgan.
Bundan tashqari, Bosch-Siemens zavodi Turkiyadan kelgan sanoat mahsulotlari chegaradan o’tkazilmagach, kir yuvish mashinasini ishlab chiqarishni to’xtatdi.
Rossiyada tekstil va sanoat katta zararga uchradi.
Yeni shafak gazetasi, “Nobel mukofoti sovrindori turk professor yangi ixtirosini e’lon qiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, turk prof. Aziz Sanjar hujayralari zarar ko’rgan DNAlarni qanday davolash va genetik xususiyatlarini saqlab qolish bo’yicha olib borgan tadqiqotlari natijasida 2015 Nobel Kimyo mukofotiga loyiq deb topilganini yozdi.
Turk olimning ilmga kiritgan yangiligi yaqinda e’lon qilinadi.
Turk olim kelgusi hafta Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyuradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar