Matbuot sharhlari 08.12.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

403719
Matbuot sharhlari 08.12.2015


Sabah gazetasi, tadqiqot shirkati 2015 yilning 1 noyabr kungi umumiy saylovdan so’ng 16 shahar va 26 tumanda 1264 kishi bilan yuzma-yuz uchrashib, “Turkiya miqyosida tadqiqot hisoboti” anketasini olib borganini yozdi.
Anketaga ko’ra, Rossiya krizisini boshqarish, yangi konstitutsiya va rahbarlik sistemasida xalqning aksariyati Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anni qo’llab quvvatlamoqda.
Anketa natijalari rahbarlik sistemasi bo’yicha katta siljish kuzatilganini, Oliy majlisda tuziladigan tartibot referendumga qo’yilgan taqdirda fuqarolarning qo’llab quvvatlovi bilan qabul qilinishini ko’rsatmoqda.
Star gazetasi, “Bo’g’ozdan 750 million dollarlik buyurtma” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Xalqaro hamkorlik platforumi tomonidan Turkiya eksportchilar majlisi (TİM) mezbonligida Istanbulda o’tkaziladigan 6-Bo’g’ozichi sammiti ertaga o’z ishini boshlashini yozdi.
Mazkur sammitning ochilishi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning tashrifi bilan amalga oshiriladi.
Bu yil sammitda kambag’alchilikni kamaytirish va farovonlikni oshirish kabi mavzular muhokama qilinadi.
Turk firmalariga 750 million dollarlik ish hajmi yaratilishi kutilgan sammitga tahminan 80 davlatdan 2 mingdan ziyod siyosatchi va tadbirkorlar qatnashadi.
6-Bo’g’ozichi sammiti 11 dekabr kuni o’z nihoyasiga yetadi.
Xabar turk gazetasi, “Rus bozorlari zararda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, ohirgi paytlarda Rossiya bilan Turkiya o’rtasida yuzaga kelgan muammodan so’ng Turkiyaga iqtisodiy sanksiya tadbiq etgan Rossiya bozorlari OPEC tufayli zararga uchraganini yozdi.
Juma kuni OPEC vakillarining kundalik ishlab chiqarish hajmi bo’yicha kelisha olmagani sababli kecha neft bahosi 3.98 ga pasayib, 41.30 dollarga kamayishi bilan Rossiya bozorlari ostun-ustun bo’ldi.
Bu o’zgarishdan so’ng, Rossiya pul birligi rubl dollarga nisbatan 1.5% qiymat yo’qotar ekan, Rossiya birjasi esa, 2.46 ga pasaydi.
Vatan gazetasi, “Hind yoshlar Antaliyada to’y qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Hindistonda taniqli siyosatchi Antaliyadagi bir lyuks mehmonxonada farzandiga 4 kun 4 kecha to’y qilganini yozdi.
Hindistonlik Aggarwal va Ahlawat oilalarining farzandlari Antaliyada turmush qurdi.
Ertaklardagidek muhtasham to’yga 1 million evro mablag’ sarf qilindi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar