Matbuot sharhlari 10.11.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

414512
Matbuot sharhlari 10.11.2015


Yeni shafak gazetasi, “Quruqlik operatsiyasiga ruxsat” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu G-20 sammiti oldidan DAISh terror tashkilotiga qarshi quruqlikdan hujumga o’tishga ruxsat berganini yozdi.
CNN International telekanaliga reportaj bergan Ahmet Davutog’lu Turkiya Amerika boshchiligidagi koalitsiya bilan birga DAISh terror tashkilotiga qarshi quruqlik operatsiyasiga qo’shilishga tayyor ekanini bildirdi.
Bosh vazir Davutog’lu, “Quruqlikdan jangga kirish barchamiz birgalikda muhokama qilinadigan masala. Havodan va quruqlikdan operatsiya olib borish uchun mustahkam strategiyani taqazo qiladi. Lekin, Turkiya yakka o’zi butun mas’uliyatni zimmasiga ola olmaydi”-dedi.
Star gazetasi, “77 yildan beri hotirasi abadiy…” sarlavhasi bilan bergan xabarda, bugun Turkiya Respublikasining asoschisi ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk vafotining 77 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo’ylab yodga olinganini yozdi.
Bugun soat 09:05da butun Turkiyada xurmat ma’nosida sukut saqlandi. Turkiyada bayroqlar yarmiga tushirildi.
Sabah gazetasi, “Rus turistlar Turkiyaga otlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Misrdan Rossiyaga uchgan yo’lovchi samolyotining urib tushirilishi va mamlakatga samolyot safarlarining bekor qilinishi oqibatida, rus sayyohlik shirkatlari e’tiborni Turkiyaga qaratganini yozdi.
Yo’lovchilarga Turkiyaga sayohat qilishni tavsiya qilgan rus sayyohlik shirkatlari, birinchilardan bo’lib Antaliya shahriga taaklif qildi.
10 oy ichida 20% kamaygan rus turist soni noyabr va dekabr oylarida takror ortishi kutilmoqda.
Noyabr va dekabr oylarida Antaliyaga kelgan rus turist sonida 10% ortish kutilganiga e’tibor qaratgan soha mutahassislari, 2016 yili 2014 yilgi turist raqamlariga erishish mumkinligini bildirdi.
Hurriyat gazetasi, Turkiyaga sig’ingan kimsasiz qochqin bolalar ko’ngilli oilalarga berilishi mumkinligini yozdi.
Turkiya Oila va ijtimoiy siyosat vazirligi ota-onasiz Turkiyaga kelgan qochqin bolalar yoki Turkiyaga kelgandan so’ng yetim qolgan bolalar uchun yangi reja tuzdi.
Bunga ko’ra, vazirlik qochqin bolalarning fikrini so’raydi va agar rozi bo’lgan taqdirda, turklardan yoki o’z millatidan biron oilaga berilishini ta’minlaydi.
Xabar turk gazetasi, “Turkiyaning chiroq festivali Zorlu Centerda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, 2015 yil BMT tomonidan Xalqaro chiroq yili deb e’lon qilingani sababli Istanbuldagi Zorlu Center savdo markazida chiroq festivali o’tkazilishini yozdi.
13 -29 noyabrgacha davom etadigan festivalda 22 nafar chiroq ustasi o’z mahoratini namoyish qiladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar