Matbuot sharhlari 07.11.2015

Prezident Erdog'on Gannushi bilan uchrashdi.

364238
Matbuot sharhlari 07.11.2015

Yeni Akit gazetasi, "Erdog'on juma namozidan kayin Gannushi bilan uchrashdi" deb chop etgan. Prezident Rajab Tayib Erdog'on, juma namozidan keyin Marmara Universiteti Ilohiyot Fakultetining masjidida Tunus Nahda Harakati lideri Rashid El Gannushi bilan birga edi. Erdog'on bilan birga, bosh vazir o'rinbosari  Yalchin Akdog'on va Istanbul hokimiyat rahbari Vasip Shahin ham qatnashdi. Erdog'on keyinchalik Mabeyn Ko'shkida Gannushi bilan 3 soatlik uchrashuv o'tkazdi.

Yeni Shafak gazetasi, "6.4 million dollarlik yordam" deb yozgan. Insoniy yordamlar mavzusida dunyoda eng saxiy davlatlardan biri bo'lgan Turkiya; o'tgan yil rivojlanish uchun 6,4 milliard dollarlik yordam berdi. Oldingi yilga qaraganda 47,3 % ortgan yordamlarning 3,6 milliard dollari rasmiy tashkilotlardan, 2,8 milliard dollarli esa xususiy bag'ishchilardan kelgan. Ushbu yordamlarning 779 million dollari qochqinlar uchun ajratilgan.

Vatan gazetasi, "Moshinalarning ona vatani Germaniyaga 'eksport' ortgan" deb yozgan. 'Eksportni orttirish' shios bilan xorijga chiqayotgan Turk moshina sektorining Germaniyaga eksporti 2.5 milliard dollarga yaqlashdi. Ishlab chiqarish kuchi va mahsulot sifatining oliy navda bo'lishi asosiy omillardan. Stuttgart Blechexpo Moshina Ko'rgazmasi xalqaro media tashkiloti Global Connection Germaniyaning nufuzli gazetalari Die Welt va Welt Kompact bilan Turkiya moshina sektori haqqida ma'lumot bergan maxsus bir gazeta nashr etdi.

Xabar Turk gazetasi, "12 davlat kelishib imzolagan shartnomada, iqlim o'zgarishi yoddan chiqarildi" deb yozmoqda. AQSH, Xitoyning Osiyoda yuksalgan iqtisodiy va siyosiy faoliyatlarini oldini olish uchun Tinch Okeani qirg'oqlarida joy olgan 11 davlat bilan imzolangan Tinch-Okeani Sheriklik shartnomasi maydonga chiqdi. Shartnomaning eng ko'p tanqid qilingan tomoni esa iqlim o'zgarishi bilan aloqali qayg'ularga o'rin bermagani.

Hurriyat gazertasi, "Endi leykemiya bo'lmaydi" deb yozgan. Ingliz olimlar, qon saratoniga qarshi muvaffaqiyat qo'lga kiritidi. Chorasiz qolmagan 1 yoshdagi Laylo qizaloq, genetik jihatdan leykemiyali hujaylarlarga qarshi kurashadigan shakilda tahrirlangan donor hujaylar bilan, o'limdan qaytdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar