Matbuot Sharhlari 05.11.2015

Turk matbuotidan...

363578
Matbuot Sharhlari   05.11.2015

Haber Turk gazetasi: Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an yangi jarayonning nomini izoh etdi: Agar bir ism kerak esa nomi Milliy birlik va birodarlik jarayonidir. “Milliy birlik, birodarlik” deganlar bor esa ayni soyaboni ostida to’planishimiz lozim desak. Buning boshqa chorasi yo’q” dedi. Erdo’g’an, yangi konstitutsiya bahslari uchun ham “ Turkiya tezda yangi bir konstitutsiya masalasini hal etishi kerak. Agar to’sqinlik qilmoqchi bo’lganlar bo’lsa 4 yil keyingi saylovda hisob- kitobini beradi” deb ifoda etdi.
Sabah gazetasi: Global bozorlar Turkiyadan umidli.
Global bozorlarga jihat bergan moliyaviy tashkilotlar, Turkiyadagi saylovdan bir partiya hokimiyati chiqishining yaxshi natijasiga ishora qildi. Buning oqibatida iqtisodiy o’sish va shaxsi sektorning investitsiya kiritishini tezlashtirish deb bildirdi.
Xalqaro moliya instituti bosh ekonomisti Clay Berry, “ saylov natijalar e’lon qilingandan beri, Turk iqtisodiyotida ijobiy jarayon kuzatildi deb ta’kidladi.
Commerzbank rivojlangan bozorlar ekonomisti Tatha Ghose , saylov natijalarining ortidan kelgusi yilga tegishli iqtisodiy o’sish taxmini 2,5dan 3,5ga yuksalishi mumkin deb bildirdi.
Hurriyat gazetasi: Hamdi Ulukayaga BMTdan global liderlik mukofoti berildi.
Birlashgan millatlar jamg’armasi va BMT AQSh jamiyati, shuhrati dunyoga yoyilgan Chobani qatiq markasining asoschisi va Boshqaruvchisi Hamdi Ulukayni muhojirlarga qilgan insonparvarlik yordam va fidokorona faoliyatlari dunyoning diqqatini o’ziga qaratib Ulukayaga, Nyu yorkda uyushtirilgan marosimda dunyoga bir chaqirig’i bor edi:
“Bir bo’lsak va birgalikda harakat qilsak, ushbu inqirozni yechishga ishonch komil. Shaxsi sektor hukumatlarga muhojir siyosatini o’zgartirishlari uchun bosim qilishlari lozim” deb ta’kidladi.
Vatan gazetasi: “ Kizlirmakning Qush jannati UNESCO yo’lida
Samsunda, tabiiy xususiyatlari himoya qilingan Turkiyaning qora dengiz qirg’og’idagi yagona suvloq maydoni bo’lgan Kizilirmak deltasi UNESCO ro’yxatida joy olish uchun faoliyatlar olib borilmoqda.
55 ming gektar maydonga ega bo’lgan delta, 12 oy bo’yicha farqli qush turlariga mezbonlik qilmoqda.
Star gazetasi
Dunyoning yetti mo‘jizasidan bir bo’lgan miloddan oldin 226da bir zilzila natijasida vayron bo’lgan Rodos haykali, 2200 yil so’ngra yangidan insho etilmoqda. 150 metr bo’yida rejalangan haykal ichida muzey, madaniyat markazi, kutubxona va restoran mavjud bo’ladi. 1

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar