Turk matbuotidan 29.06.2015

Turk matbuotidan tanlangan yangiliklar

324383
Turk matbuotidan 29.06.2015

Vatan gazetasi: “Laodikyaga mukammal sertifikat”
Dunyoning har tomonidan sayyohlarga rahbarlik qilgan va 45 o’lkadan a’zosi bo’lgan xalqaro sayohat agentligi ” TripAdvisor” Deniz viloyatining 6 kilometr shimolida joylashgan Antik Loodikeia shahari mehmonlarga izzat ikram qilishda mukammal sertifikat bilan taqdirlandi. Agentlikka , 5 yildir sayyohlardan juda maqtov olmoqda. Hududdagi menejment va xaridorlar qatorida eng yaxshi sifatida ko’rsatildi.
Sabab gazetasi: “ Shimoliy Kipr Turk respublikasida ta’til o’tkazish uchun juda ko’p sabab bordir.”
Turizm agentliklari, turizm jannati Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ta’til o’tkazish uchun bir necha sababni o’rnak qilib ko’rsatdi. Mana ana shu sabablar: Orol yilning 300 kuni quyoshli. Orolda yoz mavsumi uzoq, orolda ko’ngil ochish jihatidan rang barrang, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida hayot juda ham sodda va zamonaviylik fursatini taqdim etmoqda. Mahalliy va xorijiy mahsulotlar va savg’a buyumlari juda ham arzon narxda topiladi. An’anaviy lazzatlar ham orolning voz kechilmaslari qatorida. O’rta yer dengizning eng yaxshi sohillariga ega bo’lgan arzon bir ta’til jannati orol . Alohida tarixiy asarlari ham juda sehrlovchi.
Haberturk gazetasi “ Harranda gumbaz uylar butik mehmonxonaga” aylanmoqda.
Shanliurfaning eng muhim turistik makonlari Harranda bo’lgan tarixiy gumbaz uylar butik mehmonxonaga aylantirilmoqda. Shaharga yana ko’p sayyoh jalb etish uchun mintaqaga kelgan sayyohlarga qishloq hayotini taqdim etmoqchi. Sayyohlar mahalliy xalq bilan birgalikda an’anaviy hayot tarzini taniydi, gumbaz mehmonxonalar bog’ida bog’ ishlari, non pishirib, va sut sog’ib vaqt o’tkaziladi.
Star gazetasi: “ Maldivlar Antalyaga ko’chirildi”
Antalyaning kemer tumanidagi bir mehmonxonaning plaji maxsus bir uslub bilan Maldivlarning dunyoga mashhur qumli plajiga o’xshash tarzda qurildi. Chet eldan olib kelingan “Quartz” ayniqsa oyoqni kuydirmagan va badanga yopishmagan 20 to’nna qum 12 ming metr kvadrat plaj maydoniga to’kildi. Sohil juda farqli ko’rinishga aylandi. Oq qumli hududlar biror joziba markazi holiga keldi. Boshqa sohillar ham ayni shaklda quriladi.
Milliyat gazetasi. “Istanbulda jaz faoliyati boshladi”
22- Istanbul jaz Festivali bu yil 15dan ortiq makon va parklarda ijro etiladi. 15- iyulgacha davom etadigan tadbirda 35dan ortiq konsert beriladi. Jahon musiqasining taniqli san’atkorlari o’rin oladigan 250dan ziyod mahalliy va xorijiy san’atkor Istanbulda konsert beradi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar