Matbuot Sharhlari 17.05.2015

Turk gazetlaridan tanlangan yangiliklar

278033
Matbuot Sharhlari 17.05.2015

Satar gazetasi “ ish olami 7- iyundan e’tiboran faoliyatga o’tadi”
Bozorlarda barqarorlikning davom etishi nazarda tutilmoqda, investorlar ham saylovdan keyin barqarorlik davom etishiga ijobiy qaramoqdalar. Ishbilarmon va investorlar oxirgi yillarda erishilgan iqtisodiy va siyosiy barqarorlik saylovdan keyin ham davom etadi deb o’ylamoqdalar.
Anqara Sanoat uyi rahbari MN Nurettin O’zdebirning aytishicha : “ Saylovdan keyin ishimizga yana ko’proq yo’nalamiz deb aytar ekan, Zo’rlu Holding boshqaruv kengashi rahbari Ahmet Nazif Zo’rlu, ishlar juda yaxshi ketayapti barqarorlik juda muhim” dedi. Kibar Holding boshqaruv kengashi rahbari Ali Kibar esa, kutib turgan sarmoyalar faoliyatga o’tadi dedi.
Yeni Shafak gazetasi” doimiy shuhrat”
Bu yil UNESCO Jahon Meros o’tkinchi ro’yxatiga olingan Aspendos Antik shahri doimiy ro’yxatga kiritilishi maqsad qilib olinmoqda. Antalyaning Serik tumanida bo’lgan Antik shaharning atrofi UNESCO shartlariga mos insho etilgan. Miloddan so’ngra ikkinchi asrda Rimliklar tomonidan isho etilgan Aspendos Antik shahar teatri, bugungi kungacha konsertlar va faoliyatlar bilan ishlatilib kelmoqda . Antik teatr dunyoning eng yaxshi muhofaza etilgan tarixiy asarlar qatorida o’rin olmoqda.

Haberturk gazetasi, Tako uchun Turklarga minnatdorchilik bildiring”
Shvetsiyada chop etilayotgan Metro gazetasi, Meksikaning an’anaviy oziq- ovqati “ Tako Turklarga oid ekanini mudofaa qildi. Gazeta xabariga ko’ra , o’n to’rtinchi va o’n beshinchi asrlar orasida O’rta sharqda hukum surgan Usmoniyga oid “ Savarma” taomi, Meksikaning an’anaviy taomi “Tako al pastor” sifatida mashhur bo’lganini bildirdi. Yigirmanchi asrning boshlarida taxminan 36 ming kishi Usmoniy tuproqlaridan Meksikaga ko’chgan va bu insonlar yordamida Meksika Usmoniy taomi bilan tanishgan.
Vatan gazetasi” Ko’ngil ochish markazlarining rahbarlari Vailandda uchrashadilar”
“Xalqaro ko’ngil ochish parklari va mashhur makonlar birligi IAAPA Yevropa 21-22 may kunlari orasida yillik IAAP Yevropa bahor forumi Istanbul Vialandda uyushtiriladi.
Forumga Parij Desniyland kabi dunyoga mashhur markazlardan Shirkat liderlari ishtirok etadi. IAAPA Yevropa Operatsiya rahbari Karen Stalevy: “ Yevropada eng ajoyib taraqqiyotlardan birini namoyandalik qilishi sababi bilan Turkiyani tanladik dedi. Istanbul Vialand, tempark, xarid shoh ko’chalari, mehmonxonalari bilan farqli alternativa taqdim etib xalqaro mukofotga loyiq deb topilgan.

Sabab gazetasi “ 2016da Istanbul Parijni orqada qoldiradi”
Atrofidagi o’lkalarning qiyinchiliklariga qaramasdan Turkiyadagi turizmda taraqqiyotlar ijobiy.
Jahon turizm tashkiloti eng ko’p sayyoh qabul etgan o’lkalar ro’yxatida Turkiya oltinchi o’rinda joy olmoqda. Turk havo yo’llari dunyoda eng ko’p aloqaga ega bo’lishi, viza olish qulayligi turizmga ijobiy ta’sir qoldirmoqda.
Istanbul bilan aloqalik uchishlarda 1,5 million yaqin tunash raqamiga ega. Dunyoning eng katta aeroportining qurilishi bilan esa bu son yana ortadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar