Matbuot Sharhlari 14.05.2015

Bugungi turk gazetalaridan olingan, qisqa ma'lumotlar toplami.

274252
Matbuot Sharhlari 14.05.2015

Yeni Shafak gazetasi: “Sanoatdagi yangi yo’l Afrika bilan Yevrosiyoga qaratildi”.
Turkiyaning sanoatdagi yangi yo’l xaritasi e’lon qilindi. Ushbu xaritaga ko’ra to’rt yillik yangi sanoat strategiyasi o’rta va oliy texnologik mahsulotlar bo’yicha Turkiya Afrika bilan Yevrosiyoning dizayn va ishlab chiqarish bazasi bo’ladi. Bir tomondan 20 yildan so’ng Bojxona Ittıfoqining qayta qarab chiqilishi mavzusida Yevropani ko’ndirgan Turkiya, uchrashuvlaridan umidli. Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, kelishilagan mavzularda tartibga solish ishlari olib borilishi Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlari orasida foydali bo’lajagini aytdi.

Star gazetasi: "Xorijliklar tanlaganini tanlab oldilar, ortidan turk bozorlariga o’zini tashlay boshladilar”.
Iqtisodiyot va siyosat mavzularida qo’lga kiritilgan barqarorlik, xorijlik investorlarning ishonchini qozondirdi. Xorijiy sarmoyaning kirishi oqibatida dollarning kursi tezlik bilan tushib ketdi. Birja 1.23 foizga ko’tarildi. Foiz ham, uch kun ichida yarim ballga pasaydi. Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, 10 kun oldingi so’zida, bozor haqida ijobiy xabarlarning signalini bergan edi.

Haber Turk gazetasi: “Qishloq xojaligi bo’yicha, dunyo miqyosida, 8-o’rindamiz”.
Qishloq xojaligi vaziri Mehdi Eker, Turkiyaning 61 milliard dollarlik qishloq xojaligi faoliyati bilan Yevropada, oxirgi 6 yil mobaynida 4-o’rindan 1-o’ringa ko’tarilganligini tilga olar ekan, bu raqam bilan dunyo miqyosida Turkiyaning 8-o’rinda ekanligini aytdi. Eker, banklarning qishloq xojaligi faoliyatlariga qaratilgan yordamining 50 milliard liraga ko’tarilganligini ham qo’shimchaladi. Go’sht ishlab chiqarishga ham to’xtalgan Janob Eker, takror qo’ychilikga qaytilganligini va hayvon sonida katta ortish kuzatilganligini aytdi.

Milliyet gazetasi: “Yevropadan Istanbulga qaratilgan velosiped turizmi”.
Shvetsiyadan Bolgariyagacha davom etgan velosiped yo’lining Istanbulga qadar davom ettirilishi turizm sohasining kun tartibida. Ushbu loyiha turizmga katta foyda olib keladi. Undan tashqari Istanbulda istiqomat qilguvchi velosiped shaydolari uchun ommabop maqsadga aylanadi. Velosiped bilan Istanbulga sayohat qilmoqchi bo’lganlar sonining judayam ko’p bo’lishi e’tiborimizdan chetda qo’lgani yo’q. Turk tomonining atalgan loyihaga qaratilgan ko’z qarashi ijobiy. Velosiped turizmi bahonasi bilan Turkiya va Yevropa Ittifoqi ortasida yangi ko’prik quriladi.

Sabah gazetasi: “Afrikalik sayyohlar uchun Istanbulda bir kunlik dam olish imkoniyati”.
Sayyohlik mehmonxonachilar, investorlar va operatorlar ittifoqi raisi Timur Bayindir, Turk havo yo’llari bilan sayohat qilgan afrikalik sayyohlarning Istanbulda bir kecha tunab ketishi haqidagi loyiha bo’yicha ish olib borganliklarini aytdi. Bayindir: “Bu loyihani eng yaqin kunlarda amalga oshiramiz” dedi. Tranzit yo’lovchilarning xona narxlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishini aytgan Bayindir, turizm daromadining ortajagini ham qo’shimchaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar