Matbuot sharhlari 13.05.2015

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'on Liviyaga norozichilik ko'rsatdi.

272856
Matbuot sharhlari 13.05.2015

Star gazetasi, "Izlashga davom etamiz" deb yozgan xabarda, Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'on, O'rtayer dengizida Tobruk dengiz suvlarida Turk shirkatiga tegishli kemani nishonga olgan Liviyaga qattiq norozichilik ko'rsatdi. Ero'g'on, "Bu Turk barog'i bo'lmagan, İslandiya bayroqli bir kema, lekin egalari Turklar. Olingan bir xabar bilan kema urilmaydi. Buni qoraladik. Bular hanuz davlat bo'lmaganlar, bizning bayrog'imiz bo'lganda vaziyat boshqacha bo'lar edi. Bu ishning orqasidamiz, mas'ul bo'lganlarni maydonga chiqaramiz" dedi.

Yeni Shafak gazetasi, "Turkiya qatiylik bilan qozondi" deb chop etmoqda. Yevropa İttifoqi bilan Turkiya o'rtasida 1996 yili kuchga kirgan Bojxona İttifoqida reviziya o'tkazish mavzusida kelishuv tuzish uchun kecha Belgiyaning poytaxti Brusselda imzolandi. Turk mollarining oldini ochish, tijorat hajmini 300 million dollarga ko'tarishi kutilmoqda. İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, jarayonning muvaffaqiyatli nihoyalanishi Turkiyaning, Transatlantik tijorat va Sarmoya sheriklik shartnomasining parchasi bo'lishini yengillashtirishini izohladi. Yevropa İttifoqi Komissiyasining tijoratdan mas'ul a'zosi Cecilia Malmston ham, "Bojxona İttifoqining vaqti kelgandir" dedi.

Xabar Turk gazetasi, "Turkiya sarmoya indeksida 2. o'rinda" deb yozmoqda. Maslahatgo'ylik shirkati Yevropa Jamiyati vakili Kearneyning to'g'ridan Sarmoya Xavfsizligi İndeksi qatorida, Turkiya 2. o'ringa chiqib eng ko'p sarmoyani o'ziga tortganlar orasida esa 22. navbatga ko'tarildi. Turkiyaning 8. asosiy sektorda rivojlanish agentligiga ega bo'lganiga diqqat qaratdi.

Saba gazetasi, "Boschdan 200 million Yevrolik sarmoya" deb yozgan xabarda, Bosch Turkiya va Yaqin Sharqdan mas'ul vakili Steven Young, joriy yil Turkiyaga 200 million Yevro sarmoya kiritishlarini va 2 yangi AR-GE markazi ochilishini izohladi. 2014 yilgi sotish nispatining 10 foiz ortganini ifoda etgan Young, "Bosch guruhi sifatida Turkiyaga ishonchimiz to'liq, bu o'lkaning kuchiga ishonamiz va bu yerda rivojlanishga davom etamiz" dedi. Young, Germaniyadan keyin dunyodagi eng katta AR-GE markazining Bursada qurilishini takidladi.

Hurriyat gazetasi, "BAFTAni Turk imzoladi" deb yozgan xabarda, 2015 yili BAFTA mukofotlariga Turk stilist imzoladi. Angliya televidenyasining e'tiborli mukofotlaridan BAFTA uchun Londonda uyushtirilgan marosimga, mashhur musiqachi va televidineya boshlovchisi Rochelle Humes, Zeynep Kartalning dizayni ko'ylak bilan qatnashdi. Kartalning 2016 yili bahor-yoz kollektsiyasida joy olgan va hanuz bozorlarga chiqmagan ko'ylak, oqshomda katta qiziqish ko'rdi. Ko'ylab BAFTA tomonidan "Oqshomning eng yaxshi mukfotiga" loyid deb topildi.  


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar