Matbuot Sharhlari 07.05.2015

Bugungi matbuotda o'rin olgan muhim xabarlar sharhi...

265443
Matbuot Sharhlari 07.05.2015

Yeni Shafak gazetasi: “Har joyda bahor bor”.
Hizir kuni olaroq ham ma’lum bo’lgan va issiq kunlarning boshlang’ichi hisoblangan Hidrallaz bayrami, Turkiyaning bir necha shahrida hursandchilik bilan nishonlanmoqda. Edirneda, fuqarolar, ming yildan beri an’anaga aylangan Kakava festivali doirasida Tunja daryosi sohilida to’yib-to’yib o’ynadilar. Izmirdagi tadbir doirasida dunyo miqyosida mashhur bo’lgan makedoniyalik san’atkor Esma Rejepova sahnaga chiqdi. Baliqkesirning Burhaniye tumanida minglab odamlar o’z tilaklari yozilgan qog’ozlarni suvga otdilar. Chanoqqal’ada esa duo qilgan ishtirokchilar o’z tilaklarini qumga chizdilar.

Vatan gazetasi: “Migrantlarni Turkiyada ishlab chiqarilgan xaydovchisiz havo vositasi qutqaradi”.
Turk mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan milliy xaydovchisiz havo vositasi Dengiz kuchlari qo’mondonligi tomonidan ham foydalaniladi. Dengiz kuchlari Egey va O’rta yer dengizidagi inson savdosini Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar TB2” va “Karayel” bilan kuzatib boradi. Karayel nomidagi xaydovchisiz havo vositasi texnologiyasini, Fransiya uchoq firmasi LH Aviationning kuzatish uchoqlariga ham o’rnatadi.

Sabah gazetasi: “Avtomobil sektori rekord o’rnatmoqchi”.
Aprel oyida 91 ming 602 dona avtomobil sotilib ushbu oyning rekordini o’rnatdi. To’rt oylik sotishlar esa 264 ming 850 dona bilan eng oliy rekordni o’rnatib 2011-yilning ilk to’rt oyini ham dog’da qoldirdi. Bozorning 22-may kuni ochiladigan Xalqaro Istanbul Autoshow yarmarkasi orqali yana da qizishi kutilmoqda.

Star gazetasi: “Istanbuldagi yopiq bozorga Guardian sabotaji bor”.
Guardian va BBC kabi g’arb mediasi tomonidan ataylab kun tartibiga olib kelingan “Istanbulning mashhur savdo-sotiq markazi va makonlaridan biri hisoblangan yopiq bozor bilan tarixiy yarimorol mehmonxona va o’yin-kulgi markaziga aylanmoqda deyilgan xabarga Fatih munitsipalitet rahbari Mustafa Demir quyidagicha javob berdi: “Bunday bo’lishi mumkin emas. Guardian o’z ishiga yo’nalsin. Ataylab sabotaj qilinmoqda”.

Haber Turk gazetasi: “Maxsus dizaynlangan velosiped ishlab chiqarilmoqchi”.
Prezidentlik velosiped turniriga homiylik qilgan Vestel, velosiped madaniyatini yoyish uchun o’z tashabbuslarini boshlatdi. Bunga ko’ra bir necha shaharda mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlik tuzilib velosiped yo’llari va sog’lom yashash festivallari uyushtiriladi. Vestel maxsus dizaynlangan velosiped ishlab chiqarishni va ijtimoiy javobgarchilik loyihalarini ham amalga oshirishni rejalashtirmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar