Matbuot sharhlari 03.05.2014

Bugungi gazetalardan sharhlar...

259686
Matbuot sharhlari 03.05.2014


Star gazetasi, “TRT World dunyoga jar solmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, TRTning ingliz tilidagi xabar kanali TRT World internet va ijtimoiy mediada o’z o’rnini topganini yozdi.
TRT Bosh direktori Shenol Go’ka TRT World kanali haqida ma’lumot berar ekan, TRT ushbu kanali orqali butun dunyoga hitob qilishini bildirdi.
Qolaversa, TRT World kanali sifatli, raqobatchi va xalqaro maydonda tanilgan kanalga aylanishini tilga oldi.
Yeni shafak gazetasi, “Maqsadimiz qishloq-xo’jaligi bo’yicha 5-o’rinda bo’lish” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya qishloq-xo’jaligi bo’yicha Yevropada 1-, dunyoda esa, 7-o’rinda ekanini yozdi.
Gazetaning yozishicha, Turkiyada yetishtirilgan 1600 dan ziyod qishloq-xo’jaligi mahsuloti 180 dan ziyod mamlakatga eksport qilinmoqda.
Turkiyaning 2023 yilgacha o’z oldiga qo’ygan maqsadi qishloq-xo’jaligi bo’yicha dunyoda dastlabki 5 mamlakatdan biri bo’lishdir.
Sabah gazetasi, “100 yillik tarixiy hujjatlar asosida arman voqealari va haqiqatlar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Istanbul Aydin Universiteti arman masalasiga bag’ishlab, “Tarixiy voqealar asosida arman voqealari” nomli xalqaro sempozium tashkil qilganini yozdi.
Tarixshunos Michel Gunter, 1915 yili Usmoniylar tomonidan armanlarga tadbiq etilgan evakuatsiya armanlarning foydasi uchun amalga oshirilganini, arman evakuatsiyasida maqsad aholini keng geografiyaga tarqatish ekanini tilga olgan.
Uning aytishicha, Usmoniy mintaqasining g’arbida yashagan armanlar sharqqa evakuatsiya qilinishiga qarshi chiqmaganlar.
Vatan gazetasi, “Turk serillari ta’sirida lotin turist soni ortadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, turk seriallari Chili, Argentina, Braziliya, Peru kabi janubiy Amerika davlatlarida sevib tomosha qilinganini yozdi.
Turk sayyohlik agentliklari bundan oqilona foydalanmoqchi.
Havo yo’li imkoniyatining kengayishi va Turkiyaga to’g’ridan yo’lovchi safarlarining yo’lga qo’yilgani talab ortishiga sabab bo’lmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar