Matbuot sharhlari 08.04.2014

Bugungi gazetalardan sharhlar...

231145
Matbuot sharhlari 08.04.2014



Yeni shafak gazetasi, Sharqiy O’rta Yer dengizida neft qidirmoqchi bo’lgan Turkiyaga qarshi Misr va Isroil bilan hamkorlik qilishga harakat qilgan Kipr Rum qismining umidlari puchga chiqqanini yozdi.
Rumlar oradan 6 oy o’tgach, muzokaralarga takror rozi bo’ldi.
Kipr Rum qismining takror muzokaralarga rozi bo’lishiga sabab bo’lgan eng katta omil neft qidiruv faoliyatlaridan natija olinmaganidir.
Rumlarga homiylik qilgan Yunonistonning Yevropa Ittifoqi bilan kelisha olmagani ham Kipr Rum qismining Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan muzokara o’tkazishga rozi bo’lishiga sabab bo’lgani tahmin qilinmoqda.
Vatan gazetasi, Amerika Prezidenti Barack Obama, Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel kabi davlat rahbarlari ishtirokida Turkiyada bo’lib o’tadigan G-20 Oliy yig’ilishiga katta tayyorgarlik ketayotganini yozdi.
Mazkur yig’ilish Turkiyaning Antaliya viloyatiga qarashli turistik Belek tumanida o’tkaziladi.
Antaliya xokimining aytishicha, mazkur yig’ilish sababli noyabr oyida mehmonxonalarga turist buyurtmalari olinmaydi.
Belekdagi oliy yig’ilishga dunyodagi taniqli davlat arboblari bilan bir qatorda, jami 13 ming ishtirokchining qatnashishi kutilmoqda.
Mazkur yig’ilish joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Antaliyaning Belek tumanida o’tkaziladi.
Sabah gazetasi, Turkiyadagi davlat banklari Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning buyrug’i bilan yangi kredit dasturiga doir reja ishlab chiqqanini yozdi.
Mamlakatda ish bilan ta’minlash va kredit imkoniyatlari keng ochilmoqda. Banklar asosan kam ta’minlangan hududlarda qurilgan va quriladigan yangi ishxonalarning homiyga ega bo’lishini qulaylashtiradi. Birinchi marta ishxona ochgan tadbirkorlar uchun finans jihatidan yordam imkoniyatlari kengaytiriladi.
Hurriyat gazetasi, Turkiya Bilim, sanoat va tijorat vaziri Fikri Ishik, “Xalqaro fondlardan foydalanish va texnologiyaning qiymati tushmasdan mahsulotga aylantirish uchun CeBİT kabi uyushmalar hamkorlik yo’lga qo’yishda eng muhim omildir”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Ishik, “Bu mavzudagi say-harakatlarimiz davom etadi va mamlakatimizni zamonaviy dunyoda kuchli, ilg’or davlatlar safiga olib chiqamiz”-dedi.
Star gazetasi, “8 yoshda skripka chalish bo’yicha tarixda iz qoldirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Mersin Universiteti Davlat konservatoriyasi Skripka bo’limi talabasi 8 yoshdagi Lochin Akyol Belgiyaning Namur shahrida o’tkazilgan Xalqaro Grumiaux yosh skripkachilar tanlovida 3-o’rinni qo’lga kiritganini xabar qildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar