Matbuot sharhlari 04.04.2015

Gazetalar ma'noli xabarlarga o'rin ajratgan.

225673
Matbuot sharhlari 04.04.2015

Star gazetasi: “250 milliard dollarlik Eron ulushi”.
G’arb davlatlari bilan atom muzokarasi mavzusi bo’yicha kelishgan Eronda sanksiyalar bekor qilinar ekan bir yilda 250 milliard dollarlik ish hajmi tuziladi. Mutahassislar ushbu ulushning 10 foizini Turkiyaning olishini ma’lum qildilar.

Haber Turk gazetasi: “Narx-navo ilk chorakda 50 foizga o’sdi”.
Turkiya ovtomobil bozori 2015-yilning birinchi choragini tez yakunladi. Yilning birinchi uch oyligida o’tgan yilning ayni davriga ko’ra 50 foizga o’sgan bozorda 173 ming 248 dona avtomobil sotildi. Avtomobil sotishlari mana shunday tezlik bilan davom etgudek bo’lsa unda yilning oxirida bu raqamning 875 mingga chiqishi kutilmoqda.

Hurriyet gazetasi: “Okan universiteti Mayamida universitet shaharchasi ochdi”.
Chet elda universitet shaharchasi ochgan oliy ta’lim muassasalariga yana bir nafari ilova etildi. Okan universiteti Mayamida universitet shaharchasi ochdi. AQSh qonunlariga ko’ra ochilgan Okan International University Miami ham Turkiyadan, ham dunyoning boshqa davlatlaridan kelgan talabalarga oqish imkoni beradi.

Sabah gazetasi: “Turk havo yo’llari ijaraga uchoq oladi”.
Turk havo yo’llari (THY) o’z faoliyatlarini kengaytira boshladi. Aviashirkat Wells Fargo Bank Northwest, NA firmasidan 3 dona A330-200 uchog’i bilan Afriqiyah Airways JSC kompaniyasidan esa 2 dona A330-300 uchog’ini 8 yillikgacha ijaraga olish haqida qaror qabul qildi. Uchish tarmog’iga yangi reyslar ilova etishni davom ettirgan Turk havo yo’llari o’tgan kunlarda Tayvan poytaxti Taypeyga safar boshlatgan edi. Dunyo miqyosida eng ko’p uchish nuqtasiga ega bo’lgan to’rtinchi Havo yo’li bo’lish hususiyatiga ega bo’lgan THY Taypeyni Yevropada 102, Afrikada 43, Yaqin Sharqda 43, Rossiyada esa 10 nuqtaga bog’laydi. Uzoqsharqda o’z faoliyatini yana da kengaytirishni davom ettirgan THY yaqin kunlarda Kuala Lumpurga qaratilgan safarini 7 dan 10 ga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yeni Shafak gazetasi: “Parijda Qur’on iqlimi”.
Dunyoning eng nufuzli akademiyalaridan biri bo’lgan va Parijda joylashgan College De Franceda Qur’on-i Karim tarixiy darslari berila boshladi. Xalqga ochiq bo’lgan darslarga fransuzlar katta qiziqish ko’rsatmoqdalar. Darslar o’qituvchi proffessor François Deroche tomonidan berilmoqda. François Deroche esa Turkiyani judayam yaxshi ko’radi. 1983-86 yillar orasida İstanbulga kelib ilmiy tadqiqot isshlari olib borgan Deroche “İstanbulda Qur’on haqidagi qo’l yozma asarlarni o’z ichiga olgan ajoyib kutubxonalar mavjud. Ayniqsa Topkapi Saroyida va İbrohim Pasha muzeyida judayam muhim kolleksiyalar bor. İstanbulda hamkasblarim bilan judayam terang bog’lar qurib, farqli ko’z qarashlar bilan ish olib bordik. Bugun men qo’lga kiritgan ma’lumot va tadqiqot ishlarimda judatam katta ta’siri bo’ldi. Darsning maqsadi butun sohalarda va farqli ko’z qarashlar bilan Qur’on-i Karim tarixini o’rganib chiqmoq. Qur’onni zehin tarixi, iqtisod tarixi va Qur’onning asil matni jihatidan tushunarli bolishini maqsad qilmoqdamiz. Bir muddatgacha İstanbulda yashadim. Turkiyani judayam yaxshi ko’raman. Katta salom” dedi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar