Matbuot sharhlari 04.12.2014

Sabah gazetasi AQSh kotibi John Kerry İroq va Suriyada sodir qilingan mingga yaqin havo hujumi oqibatida İSHİDga jiddiy zarba berilganini, bunga qaramasdan İSHİDga qarshi kurash yillar mobaynida davom etishi mumkinligini ma’lum qilgan.

137210
Matbuot sharhlari 04.12.2014



Sabah gazetasi, “İSHİDga qarshi kurash yillar mobaynida davom etishi mumkin” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, AQSh kotibi John Kerry İroq va Suriyada sodir qilingan mingga yaqin havo hujumi oqibatida İSHİDga jiddiy zarba berilganini, bunga qaramasdan İSHİDga qarshi kurash yillar mobaynida davom etishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Brusselda o’tkazilgan 60 davlat ishtirokidagi NATO koalitsiya yig’ilishida so’zga chiqqan AQSh kotibi John Kerry Turkiyaga yaqin hududda xavfsiz maydon tashkil qilish masalasiga to’xtalib, “Bu masalada qaror olish arafasida ekanimizni yoki har qanday xavfsiz hudud tashkil qilish bilan faoliyatimizni davom ettirishimizni ilgari surishning vaqti emas”-dedi.
Vatan gazetasi, “Dunyoning eng kuchli 40 iqtisodiyoti” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Jahon banki dunyoning eng katta 40 iqtisodiyotining ro’yhatini tuzdi.
Turkiya bu ro’yhatda dastlabki 20 davlat qatoridan joy oldi. Bunga ko’ra, ro’yhatda 18-o’rinni egallagan Turkiya Shveysariya, Shvedsiya, Belgiya, Norvegiya kabi ko’plab davlatlarni ortda qoldirdi.
Star gazetasi, “Turkiyadan Amerikaga 175 ming dona Doblo mashinasi eksport qilinadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Tofash Turkiyaning global tijoriy vosita ishlab chiqarish markaziga aylanishida katta ro’l o’ynagan “Doblo” modelini Amerika va Kanadaga eksport qilishni yo’lga qo’ydi.
“Doblo” tijoriy mashinalari Tofashning Bursadagi zavodida tantanali marosimlar bilan Amerikaga eksport qilindi.
Yeni shafak gazetasi, “İslohot poyezdi tayyor” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Ali Babajan Turkiyaning 2023 yilgi rejalari asosida tayyorlangan 25 moddalik islohot dasturi xizmatga tayyor ekanini tilga oldi.
Babajan, “Maqsadimiz bu islohotlarni jadallashtirishdir. 2023 yilda yangi Turkiya uchun buni uddalashga majburmiz”-dedi.
Aksham gazetasi, “2014 yili İstanbulga tahminan 11 million turist keldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, joriy yilning dastlabki 11 oyi ichida, İstanbulga Germaniyadan kelgan turist soni 10.2%ni tashkil qilgani ma’lum bo’ldi.
Arab davlatlaridan kelgan turist soni esa o’tgan yilga nisbatan 28% oshdi.
Eron esa, 50% oshgan turist soni bilan eng katta ortish ko’rsatgan davlat bo’lib chiqdi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, İstanbulga Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Avstriya, Shvedsiya kabi Yevropa davlatlaridan kelgan turist sonida o’tgan yilga nisbatan katta ortish kuzatildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar