Matbuot sharhlari 21.07.2014

Vatan gazetasi, “Qonli bozor” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İsroilning hujumlari oqibatida G’azoda eng qonli kunlardan biri yuzaga kelganini yozdi.

65965
Matbuot sharhlari 21.07.2014



Vatan gazetasi, “Qonli bozor” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İsroilning hujumlari oqibatida G’azoda eng qonli kunlardan biri yuzaga kelganini yozdi.
Havodan va quruqlikdan portlatilgan G’azoning Shujaiyye hududida ko’chalar ayol va bolalarning jasadlariga to’la ekanini xabar qildi.
İsroil qo’shini 100 ming aholiga ega bo’lgan hududni honavayron qilganini yozgan gazeta, hududdan qochayotgan 10 minglab Falastin aholisiga o’q uzilganini xabar qildi.
G’azoda 85 ming aholi BMT nazoratidagi 6 maktab va kasalxonalarga sig’indi, lekin İsroil qo’shini maktab va kasalxonalarga ham o’q uzmoqda.
G’azoda oziq-ovqat zahirasi tugash arafasida, shu sababli ahvol yana ham ayanchli tus olishidan tashvish qilinmoqda.
Star gazetasi, “Sulh tuzishga harakat qilyabmiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Falastinda urushni to’xtatishga harakat qilganini tilga olgan Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an, “Falastin, Qatar va Amerika bilan hamkorlikda bosh qotiryabmiz. Misr esa xavfsizlik organlari bilan xizmatda. 2012 yilda tuzilgan sulh bitimini takror ta’minlashga harakat qilyabmiz. Xozirda xalqaro huquq jihatidan İsroilning qilmishi bir jinoyatdir. Buning jazosi katta bo’lishi kerak”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Milliyat gazetasi, “Tinchlikning qadriga yeting” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Tinchlik va Erkinlik bayrami munosabati bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qilgan Turkiya Prezidenti Abdullah Gul, 1974 yilning 20 iyul kunidan beri Orolda tinchlik va farovonlik hukm surganini tilga olganini yozdi.
Abdullah Gul, Kiprlik turklarga hitoban, “Asosan Yaqin sharq va O’rta Yer dengizida terrorizm va notinchlik hukm surgan bir paytda, hamma tinchlikning qadriga yetishi kerak”-dedi.
Sabah gazetasi, “Bosniyalik qurbonlar bilan vidolashuv” sarlavhasi bilan bergan xabarda, 1992-95 yillarda Bosniyadagi urushda qatl qilinib, eng katta Tomashitsa ommaviy mozoriga ko’milgan jasadlarning kimga tegishli ekanligi aniqlangan 284 jasad kecha janoza marosimidan so’ng dafn qilinganini yozdi.
Bugungacha ommaviy mozorlardan 20 ming bo’shnakning jasadi chiqarildi, yana bedarak yo’qolgan 7 ming 324 kishining jasadi qidirilmoqda.
Aksham gazetasi, “Mersedes-Benz turk 6 oyni rekord bilan yakunladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Mersedes-Benz turk A.S. direktorlar kengashi rahbari Rainer Genes 2014 yilning dastlabki yarmida Turkiya avtomobil sektori va turk mahsuloti bo’lgan “Mersedes-Benz turk” ning sotish natijalari xaqida ma’lumot berganini yozdi.
Rainer Genes, “Mersedes-Benz turk markasi sifatida har modelda haridorlarga egamiz. Va bu yo’lda o’z o’rnimizni egallashga harakat qilyabmiz. Muvaffaqiyatimizni kundan kunga oshiryabmiz”-dedi.
Hurriyat gazetasining madaniyat va san’at sahifasida berilgan “Ulkan loyihaning turk yulduzi” sarlavhali xabarda, Xitoy mahsuloti bo’lgan “Dragon Blade” nomli kinofil’mda turk aktyor ro’l o’ynaganini yozdi.
Jackie Chan, John Cusack va Adrien Brody kabi usta aktyorlar ro’l o’ynagan fil’mda turk aktyor Emrah Yilmaz ro’l ijro etdi.
Emrah Yilmaz bu ro’l uchun 1200 kishi ichidan tanlandi.
Milliyat gazetasi, Umidlar Basketbol Yevropa chempionati finalida Turkiya bilan İspaniya basketbol jamoalari bellashganini yozdi.
Turkiya milliy basketbol terma jamoasi, İspaniyani 65-57 hisobida mag’lub etib, ilk marta Umidlar kotegoriyasida Yevropa chempioni bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar