Matbuot Sharhlari 18.07.2014

İsroilning G'azoga qarata hujumlariga norozichilik ko'rsatilmoqda.

63266
Matbuot Sharhlari 18.07.2014

Vatan Gazetasi, "Kulgandek" deb yozgan xabarda, G'azoda plajda koptok o'ynagan 4 nafar Falastinli bolani o'ldirgan İsroil qo'shinining, "Tinch aholi o'lgan bo'lsa bu bir tragediya" deb o'tganiga diqqat qaratmoqda. Xabarda, İsroilning hujulariga dunyo norozichilik ko'rsatar ekan 'İsroil bilan Hamass sulh uchun kelishdi' xabarlari  tarqalgani, lekin tomonlarning bu xabarlarni rad etganini bildirmoqda. Kechki soatlarda esa İsroil Bosh Vaziri Netenyahuning, 'Qo'shinga ququrlikdan amaliyotni boshlatish uchun buyruq bergani"ni ma'lum qilganini ifoda etgan Gazeta, 8 ming İsroil askarining quruqlikdan G'azoga o'tganini chop etmoqda.

Yeni Shafak Gazetasi, "İzdiroblariga qaramay hech kimka o'tinmaydi" deb yozgan xabarda, G'azoda İsroil hujumlarida yaralangan minglab kishini davolagan Norvegiyali shifokor Mads Gilbertning so'zlariga o'rin bermoqda. Gazeta, Gilbetning, "Hayotini yuqotganlarning deyarli yarmi bolalar va ayollardan tashkil topmoqda. Bu hujumlar, G'azo xalqini qo'rqitish va bezdirish uchun qilinmoqda. Falastinlilar izdirob ichida lekin yolvormaydi. Yillardan beri ezilgan G'azo xalqi bu taranglikda ham juda kuchli turmoqda" deb ma'ruza qilganini yozmoqda.

Star Gazetasi,  "G'azo hammamiz uchun dog'" deb yozgan xabarda,  "Dunyo İslom Olimlari Tinchlik, Sulh va Adolatli bo'lish kirishuvi" yig'ilishi uchun kelgan mehmonlarga berilgan iftor ziyofatida ma'ruza qilgan Prezident Abdulloh Gulning so'zlariga o'rin bermoqda. Gazeta, Gulning, Hammaning ko'zlari oldida G'azoda sodir bo'lganlar uyat va  ojizikdir. Bularni oldini olish uchun İslom dunyosi o'ziga burib qarash va kuchli bir hamkorlik izlashi kerak" deganini chop etmoqda.

Xabar Turk Gazetasi, "İslom duyosi qayerdasan?" sarlavahli xabarda, Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog'anning, Diniy İshlar Boshqarmasi tomonidan İstanbulda uyushtirilgan "Dunyo İslom Hamkorlik Tinchlik, Sulh va Adolatli bo'lish kirishuvi" yig'ilishiga ishtirok etganini ifoda etoqda. Gazeta, yig'ilishning ochilishida so'zga chiqgan Erdog'anning, İsroilning G'azoga qarata hujumlariga sassiz qolgan İslom dunyosiga quyidagicha hitob qildi: "Dunyo, G'arb sassiz qarab turar ekan afsuski İslom dunyosi ham sassiz qarab turmoqda. İslom dunyosi qayerdasan deb so'rayapman? sen bularni ko'rmayapsanmi? sening bag'ring toshmu? Sen o'z ichingdagilarga  qaramasan boshqalari qanday qaraydi? shaklida.

Sabah Gazrtasi, Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog'anning, İstanbulda uyushtirilgan "Dunyo İslom Olimlari Tinchlik, Sulh va Adlatli kirishuv" yig'ilishida BMT ni tanqid qilganini bildirmoqda. Gazeta, Erdog'anning, Falastinda genosit sodir etilganini bildirib, "BMT tinchlikga xizmat qiladigan vaziyatda emas. Chunki Musulmonlarning vakili yo'q" deganini chop etmoqda.

Yeni Shafak Gazetasi, "G'azoga 15 ming paket yordam" deb yozgan xabarda, Bosh Vazir O'rinbosari Emrulahh İshlerning, Turkiyaning G'azoga yordam tarqatishga boshlaganini, har biri bir oilaning bir oylik e'hrtiyojiga javob beradigan 15 ming oziq-ovqat paketining, hafta oxirigacha tarqatilishini izohlaganini bildirmoqda. Gazeta, Turkiyaning, Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog'anning talimotiga binoan yordam qo'lini uzatganini yozmoqda.

Aksham Gazetasi, "İMF ga Turk Direktor" deb chop etgan xabarda Turkiyaning, tarixida birinchi marotiba İMF İjro Direktorlar Kengashida vakillik qilishini ifoda etmoqda. Gazeta, Holigacha Avstriya tomonidan yuritlgan İjro Diretorligining, 1 Noyabr kunida e'tiboran Turkiyaga o'tishini bildirmoqda. Xabarda, vazifaga Xazina Maslahatchisi İbrahim Chanakchining atanganini yozmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar