Matbuot Sharhlari 08.07.2014

Falastinli o'spirning qotillari topildi.

122011
Matbuot Sharhlari 08.07.2014

Yeni Shafak Gazetasi, "Muhammedning qotillari e'tirof etti" deb yozgan xabarda, Falastinli o'spir Muhammed Ebu Huydarning, Sharqiy Quddusda qochirilib o'ldirilgandan keyin qo'lga olingan 6 kishidan 3 nafarining aybini bo'yniga olganini bildirmoqda. Gazeta, İsroil Haaretz Gazetasinig İnternet saytida joy olgan xabarga ko'ra Huydarni o'ldirganliklarini qabul qilgan 3 kishining politsiya jinoyat sodir etilgan joyga olib borib tatbiqot o'tkazgani bildirilmoqda.

 

Vatan Gazetasi, "Musulmonlarning qon to'kishini oldini olishga harakat qilamiz" deb yozgan xabarda, El Jazira televidenyasining, Diniy İshlar Boshqarmasi Rahbari Profssor Doktor Mehmet Go'rmez bilan o'tkazgan muloqotiga o'rin bermoqda. Gazeta, Go'rmezning, "Bu yoning 17. Yevrosiyo geografiyasida barcha tashkilotlar bilan, faoliyat hududidan olimlarni taklif qildik. Qon to'kishini to'xtatlishini istaymiz" deganini yozmoqda.

 

Yeni Shafak Gazetasi, "Ayyor tulkiga vido" deb yozgan xabarda, sobiq Grusiya Prezidenti Eduard Shvarnadzening, 86 yoshda olamdan o'tganini bildirmoqda. Gazeta, Shevarnadzening uzoq muddatdan beri davolanganini bildirmoqda.

 

Milliyat Gazetasi, "Turk do'sti yozuvchi Mango bilan xayrlashish" sarlavhali xabarda, Otaturk haqqida yozgan biografik kitoblari bilan bilingan İngliz tarixchi va yozuvchi Andrew Mangomimh, oldinig kun 88 yoshda olamdan o'tganini yozmoqda. Gazeta, İstanbulda 1962 yili dunyoga kelgan Mangoning, 1940 yillarda Angliyaning Ankara Favqulloda elchiligida matbuot bo'limida ishlaganini bildirmoqda. Gazeta, İngliz media tashkiloti BBC da 14 yil bo'yicha Turkcha eshittirishlar bo'limida rahbarlik qilgan Mangoning nafaqaga chiqgandan keyin tez-tez Turkiyani ziyorat qilgani va deyarli hamma faoliyatlarini Turkiya bilan aloqali mavzularda o'tkazganini chop etmoqda.

 

Star Gazetasi, "Pokistondan Turkiyaga poyezd safari" deb chop etgan xabarda, 2009 yili boshlagan lekin 2011 yili turli sabablar bilan to'xtab qolgan Turkiya-Pokiston o'rtasidagi yuk poyezdlarining takror yo'lga chiqishini ifoda etmoqda. Gazeta, Pokiston manbalarining, faoliyatlarni tezlashtirganini bildirib, safarlarning kutilgandan ham oldin boshlanishini izohlaganini yozmoqda.

 

Aksham Gazetasining iqtisodiyot sahifasida chop etilgan xabarda, "Chet ellik banklar qiziqish ko'rsatishga davom etmoqda" deb yozgan xabarda, İtalyan UniCredit bankining vakili Ghizzoning, bir televidenya kanalida bergan intervyusida Turkiyaga chet ellik banklarning katta qiziqish ko'rsatishga davom etganini chop etmoqda. Gazeta, Ghizzonining, "Turkiya bizlar rivojlanadigan 3-4 o'lkadan biri. Boshqa xorijiy banklar ham Turkiyaga e'tibor berar. Bu jihatdan İntenzaning shaxobcha ochishidan mamnunmiz." deb ma'ruza qilganini yozmoqda.

 

Sabah Gazetazsi, "Turk F-16 samolyotlari lol qoldirdi" deb yozgan xabarda, Angliyaning Waddington shahrida Qiroliyat Havo Kuchlari (RAF) havo maydonida namoyish uyushtirgan Turk F-16 samolyotlarining, İngliz mediasida momoqaldiroq misoli tushganini bildirmoqda. Gazeta, bundan oldin "Eng Yaxshi Havo Namoyishi" mukofotini olgan Solo Turk guruhidan bir F-16 samolyotining, pastdan parvoz qilgach, tomoshabinlarni larzaga solganini yozmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar