Prezident Erdo‘g‘an «Açık Yapıt» asarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Erdo‘g‘an Istanbuldagi «Ataturk» madaniyat markazida «Açık Yapıt» asarini ko‘zdan kechirdi.

2077498
Prezident Erdo‘g‘an «Açık Yapıt» asarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, London Biennalisida dunyoning 47 davlati bilan 22 ta universitet orasidan «Public Award»ga sazovor bo‘lgan va so‘nggi 20 yilning eng ta’sirli asarlari qatoridan o‘rin olgan «Açık Yapıt» (Ochiq asar) deb nomlangan asarni ko‘zdan kechirdi.

Mazkur asar, Istanbuldagi «Ataturk» madaniyat markazida ko‘rgazmaga qo‘yildi.

Asar muallifi Zeynep Melet Bulut bilan bir muddat suhbatlashgan Prezident Erdo‘g‘an, «Açık Yapıt» haqida ma’lumot oldi.

Prezident bilan bo‘lgan suhbat ortidan bayonot bergan Bulut, asarning hamma tomonidan yoqtirilganiga e’tibor qaratib, Prezident Erdo‘g‘anning ham asar haqida ijobiy tusda, yaxshi fikrlar qoldirganini bildirdi.

«Açık Yapıt» asari joriy yilning iyun oyida London biennalisida tarixiy «Somerset House» hovlisida namoyish etilishi ortidan dunyoning 47 davlati bilan 22 universiteti orasidan tanlanib, «Public Award»ga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro matbuotda ham keng o‘rin olgan asar, Turkiya nomidan birinchi marta qo‘lga kiritilgan muhim san’at mukofatiga ham ega bo‘ldi.



Aloqador xabarlar