Shveytsariyada Turk madaniyati festivali boʻlib oʻtmoqda

Shveytsariyada boʻlib oʻtayotgan Turk madaniyati festivali, shu bilan uchinchi marotaba uyushtirilmoqda.

1991822
Shveytsariyada Turk madaniyati festivali boʻlib oʻtmoqda

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bu yil uchinchi marta uyushtirilayotgan Turk madaniyati festivaliga mamlakatda yashayotgan turklarning qiziqishi katta.

Shveytsariyagi Turkiyaning din ishlari jamgʻarmasi tomonidan Tsyurixning Dielsdorf mintaqasida uyushtirgan festivalning ilk kunida mehteran ijrosi, Hajivat va Karagʻoz spektakli, Xorijdagi Turklar va qardosh jamoalar (YTB) qoʻllab-quvvatlashi bilan tayyorlangan «TRT Çocuk» telekanalining mashhur “Rafadan Tayfa” seriali va xalq oʻyinlari namoyish etildi.

Festivalda ishtirok etgan Turkiyaning Tsyurixdagi Bosh konsuli Hasan Emre Uygʻun, tashkilotga oʻtgan yili 30 ming kishi tashrif buyurgani, bu yil esa bu raqam 40 mingdan oshishi kutilayotganini ifoda etdi.

Festival, ertaga oʻtkaziladigan tadbirlar bilan yakunlanadi.



Aloqador xabarlar